×

AU Emerging Global Leader: AQSHda bakalavriatni oʻqish uchun toʻliq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!


Grant

MUHLAT

15.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

10026 marta

AQSHda joylashgan Amerika universiteti (American University) bakalavriatda oʻqishni xohlovchi xorijiy talabalarga American University Emerging Global Leader (AU EGL) grant dasturini taklif qiladi. Ushbu grant taʼlim olish imkoniyati hamda xalqaro xilma-xillikni ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.

AU EGL dasturi akademik mahorat, yetakchilik va global ishtirokni qoʻllab-quvvatlagan holda oʻz talabalarini ilhomlantiradi. Dastur keyinchalik oʻz mamlakatiga qaytib, ijobiy ijtimoiy oʻzgarishlar qilish, jamiyatning yordamga muhtoj qatlami hayotini yaxshilash yoʻlida xizmat qilishga ahd qilgan talabalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlaydi.

Ushbu grant universitetda mavjud istalgan bakalavriat dasturida oʻqish uchun 1 nafar xorijlik talabaga taqdim etiladi. Navbatdagi grant 2024-yil kuzgi semestrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi.

Universitetda mavjud bakalavrlik dasturlari bilan BU YERDA tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AU EGL grantini qoʻlga kiritgan talaba quyidagi iqtisodiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi.
  • Bepul yotoqxona va bepul oziq-ovqat taʼminlanadi.

Grant butun bakalavriat davri (4 yil) uchun beriladi, lekin keyingi yillarda ushbu granti olishda davom etish uchun grant sohibining oʻzlashtirish koʻrsatkichi qoniqarli darajada boʻlishi kerak.

Grant majburiy sugʻurta, oʻquv qurollari, borish va qaytish uchun aviachiptalar kabilarning xarajatlarini qoplamaydi. Bunday xarajatlarni talabaning oʻzi qoplashi kerak (bu grantni yutgan talabadan ketadigan oʻrtacha yillik xarajat taxminan 4000 ming dollarga teng boʻladi).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • AQSH fuqarosi yoki AQSHning doimiy rezidenti boʻlmasligi kerak; shuningdek AQSHning doimiy rezdenti maqomi uchun hujjat topshirib, ushbu maqom berilishini kutayotgan yoki AQSH va boshqa bir davlatning ikki fuqaroligiga ega boʻlganlar ham bu grantga ariza topshira olmaydi.
  • AQSH yoki o‘z mamlakatidagi boshqa bir oliy taʼlim muassasasida o‘qishni boshlaganlar ham ariza topshira olmaydi.
  • O‘rta taʼlimni 2021-yilda yoki undan keyin tamomlagan boʻlishi / tamomlashi kerak.
  • 9-12-sinflardagi baholarining oʻrtachasi (GPA) kamida 3.8/4 bo‘lishi kerak (bu 5 baholik tizimda oʻrtacha baho kamida 4.75 boʻlishi lozimligini anglatadi). Oʻrtacha baho koʻrsatkichi bundan past boʻlsa ham oʻzi oʻqiydigan maktab (kollej/litsey) birituvchilari orasida baholari boʻyicha eng yaxshi 10% talaba ichiga kiradigan oʻquvchilar ham ushbu grantga ariza topshira oladi.
  • Kamida IELTS 7.0 yoki TOEFL iBT 95+ yoki shunga teng boshqa xalqaro til sertifikatiga ega bolish lozim.
  • Nomzodlar avgust oyida boshlanadigan odatiy qabul (Regular Decision) vaqtida hujjat topshirishi kerak.
  • Ariza topshirish vaqtida bank hisobida 4000 AQSH dollari mavjudligi haqida bank maʼlumotnomasi (Bank Statement) topshirilishi kerak.

MUHIM ESLATMA: Ushbu grant uchun raqobat kuchli boʻlgani sababli 2023-yil 15-dekabrgacha bakalavriat kursiga ham, AU EGL grantiga ham ariza topshirishni toʻliq yakunlanganlarga ustunlik beriladi.

Talablar bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga qabul 2023-yil 15-sentabrda ochiladi va 2024-yil 15-yanvargacha davom etadi. Biroq 2023-yil 15-dekabrgacha ham bakalavriat dasturiga, ham grantga toʻliq ariza topshirganlarga ustunlik beriladi, shu sababli 2023-yil 15-dekabrgacha ariza topshirish tavsiya etiladi.

Grant uchun ariza topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Dastlab, AU EGLS ariza shaklini toʻldiring. Arizani toʻldirish uchun hisob (account) ochish kerak boʻladi (Creat Account). Eslatma: ushbu ariza shaklini 2023-yil 15-sentabrdan boshlab toʻldirish mumkin va bu ariza uchun havola grant sahifasida beriladi (“Instructions” boʻlimi, 1-bandida).
  2. Kamida 4 ming AQSH dollari borligini isbotlovchi bank xati hamda AU SFIS moliyaviy sertifikatini Future Eagle Portal orqali yuklang. Bank xati va AU SFIS moliyaviy sertifikati namunalarini BU YERDAN topasiz.
  3. IELTS, TOEFL yoki qabul qilinishi mumkin bo‘lgan boshqa til sertifikatlari 2023-yil 15-dekabrdan kechirktirmasdan topshirilishi lozim.
  4. Common Application yoki Coalition Application arizasini toʻldirib, kerakli hujjatlar bilan birga topshiring. Arizalar 2023-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi, lekin 2023-yil 15-dekabrgacha ariza topshirganlarga ustunlik beriladi.

Zoom intervyu yoki qoʻshimcha insho topshirish ham talab etilishi mumkin. Agar bunga zarurat boʻlsa, sizga xabar qilinadi.

Bu grant uchun hujjat topshirganlar ushbu grantni qoʻlga kirita olmasa, boshqa qisman grantlar uchun nomzod sifaida koʻrib chiqilishi mumkin.

Xalqaro talabalarning universitetga hujjat topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar roʻyxati va boshqa muhim maʼlumotlarni BU YERDAN topasiz.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan intadm@american.edu email manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!