×

AUC Excellence Scholarship Program: bakalavr bosqichini Qohiradagi Amerika Universitetida oʻqish uchun 100% gacha grant!


Grant

MUHLAT

01.06.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Misr

O'QILGAN

3874 marta

Qohiradagi Amerika Universiteti (AUC) — butun dunyo boʻylab iqtidorli va bilimli yoshlarni ushu universitetda oʻqishga jalb etish, qolaversa, ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida AUC Excellence Scholarship Program dasturini tashkil etgan. Dasturda AUC oliygohining quyidagi yoʻnalishlarida bakalavr bosqichida oʻqimoqchi boʻlgan yoshlar ishtirok etishi mumkin:

Darslar ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

AUC Excellent Scholarship Program dasturi talabalarning iqtidor va moliyaviy holatiga qarab, kontrakt summasi uchun 20% dan 100% gacha grant taqdim etadi.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Dasturda butun dunyo boʻylab millatidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzod avval AUC oliygohining yuqoridagi yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi yoki topshirishi kerak.
  • Akademik va ijtimoiy jihatdan faol, qolaversa, oʻz sohasi boʻyicha iqtidorli boʻlishi lozim.
  • Ingliz tilini yoʻnalishga qarab yetarli darajada bilishi kerak. IELTS yoki TOEFL sertifikatlari talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda ishtirok etish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Yuqorida berilgan yoʻnalishlarga topshirgan eng yaxshi nomzodlar ushbu dastur uchun tavsiya etiladi. Ushbu yoʻnalishlarga topshirish uchun umumiy kerakli hujjatlar haqida batafsil maʼlumot BU YERDAN topasiz. Bu yoʻnalishlarga ariza topshirish 2023-yil 1-iyunga qadar davom etadi. Ayrim yoʻnalishlar uchun  maxsus intervyu bosqichi tashkil etilishi mumkin.

MUHIM: dasturga hujjat topshirishga kirishishdan avval rasmiy eʼlon va ariza topshirish jarayoni bilan yaxshilab tanishib chiqing.

Dastur yoki universitetga ariza topshirish bilan bogʻliq savollar yuzasida BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!