×

Qirgʻizistonda inson huquqlari boʻyicha bepul yozgi maktab; 10 ta ishtirokchining borish-kelish xarajati ham qoplanadi!


Grant

MUHLAT

12.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

6740 marta

Qirgʻizistonda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (UACA) “Markaziy Osiyoda inson huquqlari sohasidagi muammolar” mavzusida yozgi maktab tashkillashtirmoqda.

Yozgi maktab ishtirokchilari Markaziy Osiyoda inson huquqlarini himoya qilishdagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi, shuningdek, avtoritarizm, korrupsiya, texnologiya, san’at, ekologiya, iqtisod, aloqa va nizolarning inson huquqlariga taʼsirini oʻrganadi.

Bu yozgi maktab AUCA kampusida 2023-yil 19-30-iyun kunlari boʻlib oʻtadi. Mashgʻulotlar rus tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

Talabalardan tortib jamoatchilik harakatlari va tashkilotlarning faollarigacha barcha ishtirok etishi mumkin

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ishtirokchilar uchun quyidagi imtiyozlar mavjud:

  • Qatnashish bepul.
  • Markaziy Osiyodan boʻlgan 10 nafar ishtirokchi uchun aviachipta va turar joy xarajatlari qoplab beriladi.
  • Maktab yakunida maxsus sertifikat taqdim etiladi.
  • Yozgi maktab davomida Issiqkoʻlga bir kunlik safar rejalashtirilgan.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Talabalardan tortib jamoatchilik harakatlari va tashkilotlarning faollarigacha barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Nomzodlar rus tilida muloqot qila olishi kerak.
  • Qabul jarayonida talabalarga ustunlik beriladi.
  • Inson huquqlari va ularni himoya qilish sohasiga qiziqish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2023-yil 12-maygacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Arizani BU YERDA rus tilida toʻldirish va topshirishingiz mumkin.

Yozgi maktabda oʻrganiladigan mavzular dasturi bilan BU YERDA tanishing.

Savollar yuzasidan quyidagi email manziliga murojaat qilishingiz mumkin: toktogazieva_s@auca.kg

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!