×

Auckland University of Technology: doktoranturada bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

01.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

1420 marta

Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida joylashgan Auckland University of Technology (AUT) oliygohi AUT Doctoral Scholarships grant dasturi orqali doktorantura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi AUT oliygohida o’qitiladigan doktorantura yo’nalishlari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar doktorantura bosqichi to’lov kontraktidan butunlay ozod etiladi. Undan tashqari tadqiqot jarayonidagi talabalik xarajatlaridan ham ozod etiladi.

Talablar:

  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 80 talab etiladi. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
  • Doktorantura kursiga nomzod bakalavr va magistratura kurslarini tamomlagan bo’lishi, baholari yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirayotgan doktorantura kursi yo’nalishiga mos yo’nalishda diplomlarga ega bo’lishi zarur.
  • Nomzod o’zi tadqiqot olib borish niyatidagi mavzu yoki soha bo’yicha ilmiy maqolalar chop ettirgan bo’lishi va tadqiqot qilish tajribasiga ega bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

AUT Doctoral grantlarini yutish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Nomzod AUT universiteti tadqiqot kurslariga ariza topshirish jarayonida AUT Doctoral Scholarships grantini olish istagida ekanini ko’rsatib o’tish yetarli bo’ladi. Tadqiqot kurslariga ariza topshirish quyidagicha:

  1. Tadqiqot kurslari haqida batafsil ma’lumot to’plang.
  2. Tadqiqot olib borishingiz uchun ilmiy rahbar
  3. Kerakli hujjatlarni jamlang:
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Akademik resume
  • Magistratura bosqichi uchun qilgan tadqiqot ishidan namuna (Thesis nusxasi)
  • Doktorantura ilmiy tadqiqot ishi uchun reja ( Research proposal)
  • Pasport nusxasi
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).

Eslatma: yuqorida so’ralgan hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Aksincha holatlarda notariusdan tasdiqlangan holda ingliz tiliga tarjima qilingan bo’lishi lozim.

  1. Kerakli kurs talablariga mos ekanligingiz va ilmiy rahbaringiz aniq bo’lgach, bu yerda ariza anketasini to’ldiring. Ariza topshirish jarayoni va kerakli hujjatlar bilan batafsil bu yerda

Shundan so’ng to’ldirilgan arizalarni o’rganish jarayonida barcha hujjatlar o’rganilib chiqiladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun int.app@aut.ac.nz  elektron manziliga yoki +6499219779 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!