×

Audi Environmental Foundation Scholarship: Belfastdagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

22.03.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3364 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2023-yildagi One Young World sammiti Shimoliy Irlandiya poytaxti Belfastda, 2-6-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Audi atrof-muhit jamgʻarmasi ushbu sammitda qatnashish istagida boʻlgan yetakchi yoshlarga Audi Environmental Foundation Scholarship 2023 grant dasturini taklif etmoqda.

Jamgʻarmaning maqsadi atrof-muhit himoyasiga hissa qoʻshish hamda bararor faoliyat usullarini yaratish va targʻib qilishdan iboratdir. Jamgʻarma atrof-muhitga zararsiz texnologiyalar, atrof-muhit boʻyicha taʼlim vositalarini ishlab chiqish va ragʻbatlantirish hamda insonlar, hayvonlar va oʻsimliklar uchun tabiiy hayotiy zarur vositalarni himoya qilishga alohida eʼtibor qaratadi.

Shu masalalar yuzasidan Jamgʻarma One Young World sammiti bilan hamkorlik qilmoqda hamda bu yil Belfastda boʻlib oʻtadigan ushbu samitga qatnashish uchun atrfo0muhit muammolari bilan ishlovchi 15 nafar yosh yetakchiga grant taklif etmoqda.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yuqoridagi grantlardan birini qoʻlga kiritgan 15 nafar nomzod quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari Belfastda boʻlib oʻtadigan One Young World sammatida qatnashish imkoniyati.
  • 2023-yil 2-5-oktabr kunlari mehmonxonadan bepul shaxsiy xona taʼminlanadi.
  • Belfastga borish va qaytish xarajatlari qoplanadi (ekonom klass aviachipta).
  • Bepul nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan taʼminlandi.
  • Sammit oʻtkaziladigan manzillararo qatnash uchun yer usti transporti taʼminlanadi.
  • Audi AG va Audi Environmental Foundation tomonidan 2023-yil 1-oktabrda tashkillashtiriladigan Sammitdan oldingi dasturda qatnashish imkoniyati.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga ahd qilgan boʻlish.
  • Yetakchilik salohiyatiga ega boʻlish lozim.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Taʼsirga ega va innovatsion yechimlar ishlab chiqqanlik/yaratganlik tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Atrfo-muhit bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda taʼsir va innovatsion vosita/gʻoyalarni qoʻllash tajribasiga ega boʻlish kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ham arizalar 2023-yil 22-martgacha onlayn tarzda qabul qilinadi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

Arizani BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!