×

Audi Environmental Foundation Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

25.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3074 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Audi atrof-muhit jamgʻarmasi ushbu sammitda qatnashish istagida boʻlgan yetakchi yoshlarga Audi Environmental Foundation Scholarship 2022 grant dasturini taklif etmoqda.

Jamgʻarmaning maqsadi atrof-muhit himoyasiga hissa qoʻshish hamda bararor faoliyat usullarini yaratish va targʻib qilishdan iboratdir. Jamgʻarma atrof-muhitga zararsiz texnologiyalar, atrof-muhit boʻyicha taʼlim vositalarini ishlab chiqish va ragʻbatlantirish hamda insonlar, hayvonlar va oʻsimliklar uchun tabiiy hayotiy zarur vositalarni himoya qilishga alohida eʼtibor qaratadi.

Shu masalalar yuzasidan Jamgʻarma One Young World sammiti bilan hamkorlik qilmoqda hamda bu yil Tokioda boʻlib oʻtadigan ushbu samitga qatnashish uchun atrfo0muhit muammolari bilan ishlovchi 15 nafar yosh yetakchiga grant taklif etmoqda.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantga munosib deb topilgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida ishtirok etish imkoniyati.
  • 2022-yil 14-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi (ekonom-klass).
  • Nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldin – 15-mayda boʻlib oʻtadigan Jamgʻarma tadbirida qatnahish imkoniyati taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.
  • Ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga ahd qilgan boʻlish.
  • Yetakchilik salohiyatiga ega boʻlish lozim.
  • Asosiy mahalliy va/yoki global muammolar haqida tushunchaga ega boʻlish kerak.
  • Taʼsirga ega va innovatsion yechimlar ishlab chiqqanlik/yaratganlik tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Atrfo-muhit bilan bogʻliq muammolarni hal qilishda taʼsir va innovatsion vosita/gʻoyalarni qoʻllash tajribasiga ega boʻlish kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2022-yil 25-yanvarga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!