×

Avstraliya: Bakalavr va magistratura uchun yiliga 10 ming dollarlik grant; joy – 31ta!


Grant

MUHLAT

15.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

6870 marta

Avstraliyada joylashgan Monash universiteti shu universitetga o’qishga hujjat topshirmoqchi bo’lganlar yoki hozirda o’qiyotgan talabalardan “Monash International Merit Scholarship” grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar iqtidorli xalqaro talabalarga beriladi. Bundan maqsad xorijlik talabalarning Avstraliyada o’qishini yengillashtirish. Monash universitetida juda ko’p yo’nalishlar mavjud, ular bilan batafsil bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat yoki undan keyingi bosqichlarda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan har bir talabaga o’qishi tugaguncha yiliga 10000 Avstraliya dollari miqdorida moddiy yordam ajratiladi. Bu ko’pgina kurslarda kontraktni to’lqi to’lash uchun yetmaydi va kontraktning qolgan summasini talabaning o’zi to’lashi lozim.

Undan tashqari, universitetga endi o’qishga kirgan talabalar universitetning “Monash Minds” deb nomlangan liderlik tayyorlov dasturiga ham qabul qilinadilar.

Talablar:

Grantga ariza topshirayotgan barcha nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari zarur:

  1. Nomzod Avstraliyadagi Monash universitetida bakalavriat yoki undan keyingi kurslardan birida o’qishni rejalashtirayotgan va o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Monash universitetiga qabul qilinib, Avstraliyada o’qish uchun viza olgan bo’lishi kerak.
  3. Monash universitetida o’qishi boshlanib bo’lgan nomzodning umumiy o’rtacha bahosi 85+ ni tashkil etishi shart (yangi qabul qilinayotgan talabalarga bu ball majburiy emas). Undan tashqari, u universitetda kamida 2 semestr o’qigan bo’lishi ham kerak. Universitetdagi tibbiyot yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar esa kamida uch semestr o’qigan bo’lishlari lozim.
  4. Tibbiyot yo’nalishlari bo’yicha endi o’qishga kirgan/yangi talabalar (the Bachelor of Medicine and Bachelor of Surgery (Honours) course or the Medical Science and Doctor of Medicine) uch semestr o’qib, keyin ushbu grantga hujjat topshirishlari mumkin, ularga ungacha grant berilmaydi.
  5. Nomzod o’zi tanlagan bakalavrlik yoki magistrlik yoxud undan yuqori darajadagi kursga qabul qilish shartlariga mos bo’lishi kerak. Ushbu shartlar bilan kerakli kurslarni tanlash orqali SHU YERDA tanishing.
  6. Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga ega bo’lishi lozim. Ingliz tiliga qo’yilgan talab:
    – IELTS (International English Language Testing System – Academic): Overall test score: 6.5; Reading: 6.0, Listening: 6.0, Writing: 6.0 and Speaking: 6.0
    – TOEFL (American Test of English as a Foreign Language): Paper-based test: 550, Test of Written English (TWE): 4.5 or Internet-based test: 79 with minimum scores: Writing: 21, Listening: 12, Reading: 13 and Speaking: 18.

Eslatma: Ba’zi yo’nalishlarga IELTS 7 talab qilinadi.

Ushbu grantni ajratishda universitetga yangi qabul qilinayotgan talabalarga ustunlik beriladi.

Shuningdek, grantni qo’lga kiritgan talabaning har semesterdagi o’zlashtirish darajasi 70%dan past bo’lmasligi kerak. Agar 70%dan past bo’lsa, keyingi semesterdan grant berish to’xtatiladi.

Nomzodlar quyidagi kriteriyalar asosida tanlab olinadi:

  • Ilmiy potensiali va yutuqlari (Academic achievement).
  • Grant arizasida yozilgan 500 so’zli insho hamda nomzodning kelajakda Monash universiteti vakili (an ambassador for Monash University) bo’la olish ehtimoli.
  • Ustunlik univeristetga birinchi marta qabul qilinayotgan talabalarga beriladi.
  • Univeristetda o’qib yurgan talabalar ushbu grantga topshirganda, ularning baholari (kamida 85+ bo’lishi kerak).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish yil davomida 6 ta mavsum asosida bo’lib o’tadi va ular uchun hujjat topshirishning oxirgi muddati oktabr, noyabr, yanvar, mart, aprel va may oylarining 15-sanalari hisoblanadi. Hozirgi eng yaqin hujjat topshirish muhlati esa 15-oktabr, 2018-yil. 2019-yil uchun ariza qabul qilish 2018-yil 6-avgustdan boshlanadi.

Agar hali o’qishga kirmagan bo’lsangiz, hujjat topshirish uchun ikki qadamlik jarayondan o’tishingiz kerak.

  1. Talaba Monash universitetiga hech qanday shartsiz qabul qilinishi zarur. Buning uchun oldin universitetning o’ziga o’qishga kirish bosqichidan o’tish, ya’ni ariza va hujjat topshirishni amalga oshirish kerak. Monash universitetiga o’qishga kirish haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
  2. O’qishga qabul qilingach, grant uchun alohida ariza beriladi.

Grant uchun ariza to’ldirgach, uni pochta orqali quyidagi manzilga jo’nating:

Central Admissions
Monash Connect, Clayton Campus
21 Chancellor’s Walk, Campus Centre
Monash University
VIC 3800, Australia

Xalqaro talaba sifatida International Merit Scholarship grantlari uchun faqat ariza topshirish yetarli. Boshqa hujjatlar talab qilinmaydi.

Savollar yuzasidan  scenquiries@monash.edu elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!