×

Avstraliya: Bakalavriatda o’qish uchun qisman qoplanadigan va to’liq grantlar; joy – 50tagacha!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5234 marta

Avstraliyaning Melburn shahrida joylashgan Melburn universiteti (The University of Melbourne) bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchi talabalar uchun har yili 50ga yaqin to’liq va qisman qoplanadigan grantlar taqdim etadi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

O’qish sohasi: Nomzodlar Melburn universitetida mavjud bakalavrlik kurslaridan istalgan biriga hujjat topshirishi va ushbu grantlardan birini qo’lga kiritishi mumkin. Bakalavriat kurslari bilan SHU YERDA tanishing.

Ushbu dastur doirasida har yili 50 nafargacha talabaga grant ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur talabaga quyidagi imkoniyatlardan birini taqdim etadi:

  • Birinchi o’quv yili uchun belgilangan kontrakt summasiga 10 ming Avstraliya dollari miqdorida chegirma beriladi.
  • Butun bakalavrlik bosqichi davomida talaba kontrakt summasining 50%idan ozod qilinadi.
  • Talaba butun bakalavrlik bosqichi davomida kontrakt summasini to’lashdan butunlay ozod qilinadi.

Talablar:

Nomzod ushbu grantlarni qo’lga kiritish uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi, shuningdek, Avstraliyada doimiy rezident bo’lmasligi lozim.
  • Nomzod Melburn universitetida mavjud bakalavriat kurlaridan biriga shartsiz qabul qilinishi lozim (Unconditional offer).
  • Nomzodning bakalavrdan oldingi ta’limdagi o’zlashtirish ko’rsatkichi quyidagilardan biriga to’g’ri kelishi kerak:
    Nomzod bakalavrdan oldingiz tal’im (kollej/litsey)ni GCE A Levels baholash tizimida 4 A darajasidagi baholar bilan tugatgan bo’lishi kerak (ya’ni, 100 ballik sistemada nomzodning o’rtacha o’zlashtirish darajasi 100 balldan kamida 85 bo’lishi kerak). Yoki
    2. Foundation Program (tayyorlov dasturi)da o’qigan nomzodlar ushbu dasturni 98%lik natija bilan tugatgan bo’lishi kerak.
    3. International Baccalaureate (IB) score’ga ega nomzodlar ushbu tizimdagi baholashda 44 ball bilan tugatgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod oldin bakalavrda yoki oliy ta’limning hech bir bosqichida o’qimagan bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tiliga qo’yilgan minimum talablar:
    IELTS – an overall band score of 6.5 or more with no bands less than 6.0;
    TOEFL:
    – Paper based test – a score of 577 or more including a score of 4.5 in the Test of Written English.
    – Internet based test – a score of 79 and scores of: Writing: 21; Speaking: 18; Reading: 13; Listening 13.

Grantlar nomzodlarning iqtidori, o’zlashtirish darajasi va shaxsiy mahoratiga asosan beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grant uchun alohida hujjat topshirish shart emas. Bakalavriat kurslaridan biriga hujjat topshirgan va shartsiz qabul qilingan barcha talabalar avtomatik tarzda ushbu grantlar uchun nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!