×

Avstraliya: bakalavriat uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

10.12.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

4569 marta

Avstraliyada joylashgan University of Newcastle universitetining Faculty of Engineering and Built Environment (FEBE) fakulteti bakalavriat kurslari uchun ajratilgan FEBE Golden Jubilee Commemorative International Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Newcastle universiteti tegishli bakalavr kurslariga o’qishga kirgan alochi va iqtidorli chet ellik talabalarga ajratilgan. Grantlar FEBE fakulteti tarkibiga kiruvchi barcha bakalavr kurslari uchun amal qiladi. ushbu grant dasturidan maqsad fakultetning yubileyini nishonlash bilan birga iqtidorli chet ellik talabalarni rag’batlantirish.

FEBE tarkibida quyidagi yo’nalishlarda bakalavr kurslari mavjud:

Grant dasturi doirasida 2 nafar talabaga grant berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

FEBE fakulteti grantini yutib olgan talabaning o’qish konktrakti butun kurs davomida to’liq qoplab beriladi. Grant puli talabaga to’g’ridan-to’g’ri berilmaydi, lekin uning konkraktiga yo’naltirilib, har semestr konktraktni to’lab boradi. Grant olishda davom etish uchun talaba a’lo baholarga o’qishi kerak.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Newcastle universiteti FEBE fakulteti tarkibidagi tegishli kurslardan biriga bakalavr bosqichiga o’qishga kirgan bo’lishi yoki ariza topshirishi kerak. universitetdagi turli bakalavr kurslariga qabul talablari asosan yuqori maktab diplomi va mos fuqarolik hisoblanadi. Lekin kursning boshqa talablari uning yo’nalishidan kelib chiqib belgilanadi, shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs haqidagi berilgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz kerak.
  2. Nomzod o’qishini 2019-yil 1-sentabrda boshlashi kutilayotgan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod Avstralyadan boshqa davlat fuqarosi bo’lishi zarur.
  4. Nomzod bu o’quv muddati uchun boshqa yirik grant olishi mumkin emas.
  5. Nomzod kollej yoki litsey (yuqori maktab)da a’lo baholarga o’qigan bo’lishi, ijtimoy va akademik yutuqlarga erishgan bo’lishi zarur.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Newcastle Universitetiga qabul uchun minimum ingliz tili talabi IELTS 6.5-7 ga teng. batafsil
  7. Nomzod universitetning Callaghan Campus binosiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
  8. Nomzod ilgari Avstraliya bakalavr kurslarida o’qimagan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Arizalar nomzodning erishgan akademik yutuqlari, baholari, motivatsion xati va boshqa hujjatlari asosida olib boriladi. Arizalar 2018-yil 10-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun quyidagilarga murojaat qiling:

Telefon: +61 2 4921 5000
Faks: +61 2 4921 5759
Email: scholarships@newcastle.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!