×

Australian National University: PhD tadqiqotchilari uchun toʻliq grant; safar, sugʻurta xarajatlari, farzandlar uchun nafaqa beriladi; yillik stipendiya – 18 000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

31.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1409 marta

Avstraliyaning Canberra shahrida joylashgan Australian National University (ANU) oliygohi ANU University Research Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturi shu universitetning uch yillik PhD kurslariga istalgan yoʻnalish boʻyicha hujjat topshirgan tadqiqotchilar uchun moʻljallangan. Grantlar oʻqishga kontrakt asosida qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli chet ellik va mahalliy tadqiqotchilarni moddiy jihatdan ragʻbatlantirish maqsadida beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD tadqiqotchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ANU University Research Scholarships dasturi boʻyicha grant yutib olgan tadqiqotchilarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  • Uch yil davomida yillik 28 092 AUD (taxminan 18 020 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Safar harajatlari qoplanadi.
  • Tezis yozish jarayonida mablagʻ ajratiladi (Thesis allowance).
  • Kanberraga koʻchib oʻtish uchun mablagʻ ajratiladi.
  • Tadqiqotchining farzandlari uchun nafaqa beriladi (har bir farzand uchun yillik 3 000 AUD miqdorida).
  • Haq toʻlanadigan tibbiy va tugʻruq ta’tillari beriladi.

Grantning manfaatli jihatlari haqidagi batafsil maʻlumot shu yerda.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. ANU`ning PhD kurslaridan biriga hujjat topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod H1 (First Class Honours) darajasidagi diplomga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod oʻz mutahassisligi va unga yaqin fanlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Stipendiatlar erishgan akademik natijalari, tadqiqot potentsiali, boʻlajak ilmiy rahbarining qoʻllab-quvvatlashi, tavsiyanomalari hamda til bilish koʻnikmalari kabi meʼzonlar asosida saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga alohida ariza berish talab etilmaydi. Oliygohning PhD kurslariga qabul qilingan barcha tadqiqotchilar grant uchun nomzod hisoblanadilar. Universitetga hujjatlar onlayn ariza koʻrinishida yiliga ikki marta15-aprel va 31-avgustgacha qabul qilinadi. Hozirda eng yaqin ariza topshirish muhlati 2020-yil 31- avgust.

Oliygohga hujjat topshirishdan avval nomzodga oliygohdan oʻziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bogʻlanib tadqiqot rejasini muhokama qilishi tavsiya etiladi.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Ariza.
  2. Magistrlik diplomi
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Tadqiqot rejasi (2-3 sahifa atrofida)
  5. Shaxsiy bayonot (Research proposal)
  6. Til sertifikati.
  7. 2 ta tavsiyanoma
  8. Sohaga oid ish tajribasi (agar mavjud boʻlsa)
  9. Ilmiy ishlanma, qoʻllanma yoki nashrlar (agar mavjud boʻlsa)

Oliygohning PhD kurslariga talablar turlicha boʻlganligi sababli nomzod oʻzi tanlagan bosqich uchun kerakli hujjatlar roʻyxatini oliygohning rasmiy saytidan olishi mumkin.

Grant haqidagi toʻliq maʼlumotni universitetning rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +61 6125 5777

E-mail: gro@anu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!