×

Avstraliya: Magistratura uchun yillik 27 ming dollar stipendiya; yo’l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.08.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3584 marta

Avstraliya Milliy Universiteti (Australian National University)da Master of Philosophy kurslariga ajratilgan grantlar uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar universitetdagi turli fakultetlar tomonidan moliyalashtiriladi va ham mahalliy, ham xalqaro talabalarga beriladi. Master of Philosophy grant dasturidan maqsad Universitetning hozirgi yoki bo’lajak iqtidorli talabalarini moddiy jihatdan qollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  1. Talabaning o’qishga Kanberra shahriga kelishi uchun sarflanadigan safar xarajatlari qoplab beriladi.
  2. Agar talabaning yosh bolasi bo’lsa, talaba Avstraliyada payti uni tarbiyalashi uchun pul mablag’i ajratiladi (faqat xalqaro talabalar uchun).
  3. Talaba ilmiy ishini yozishi uchun moddiy ta’minot ajratiladi

Umumiy qiymati 27082 AQSh dollariga teng (2018-yil hisobiga ko’ra) moddiy ta’minot talabaga bir yil davomida har ikki haftada bo’lib-bo’lib berib boriladi. Agar talaba a’lo baholarga o’qisa, grant yana 12 oyga uzaytiriladi. Bu grantni yutgan talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinmaydi. Talabaning o’qish kontrakt to’lovi boshqa grant asosida qoplanishiga universitet tomonidan ruhsat berilgan, shuning uchun bu grantdan tashqari boshqa biror grant uchun ham hujjat topshirib qo’yish mumkin. Kurslar uchun kontrakt to’lovlari haqidagi ma’lumotni bu yerdan, grant haqidagi batafsil ma’lumotni esa bu yerdan olishingiz mumkin.

Talablar:

Barcha mahalliy va xalqaro nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Master of Philosophy grant dasturiga ariza berish vaqtida nomzod Australian National University’ning Master of Philosophy Research Program kursiga o’qishga kirgan yoki hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod first-class Honours darajali bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak (First-class Honours diplom bo’lishi uchun olingan baholar kamida 70-100% bo’lishi kerak). Ba’zi fakultetlar Upper second-class (ya’ni baholar 65%dan 69.99% gacha bo’lsa) diplomga ega nomzodlarning ham arizalarini ko’rib chiqishlari mumkin.
  3. Yoki, nomzod tadqiqot elementiga ega bakalavriat diplomiga ega bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Master of Philosophy Research Program grant dasturi uchun alohida ariza topshirish shart emas. Avstraliya Milliy Universitetining Master of Philosophy Research Program kursiga topshirilgan arizalar  grant uchun ham ko’rib chiqiladi, o’qishga arizalar esa 2018-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun student@anu.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!