×

Australia’s Northern Territory Scholarships: Avstraliyada taʼlimning barcha bosqichlari uchun grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3128 marta

Avstraliyaning Northern Territory Government – Shimoliy hudud hukumati 2019-yil kuzda boshlanadigan kurslar uchun Australiaʻs Northern Territory scholarships dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grantlar Avstraliyada o’qish istagidagi eng iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. 2019-yil kuzgi kurslari uchun quyidagi universitetlardagi kurslar uchun grant yutish mumkin:

  1. Alana Kaye College
  2. Australian Careers College
  3. BCA National Training Group
  4. Charles Darwin University (bu yerda hujjatlar 31-maygacha qabul qilinadi)
  5. Darwin High School
  6. International College of Advanced Education
  7. International House Darwin
  8. Navitas English Darwin
  9. Navitas Professional
  10. The Essington International School Darwin

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlarda oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Northern Territory Government grant dasturi talabaga stipendiya ko’rinishida beriladi. Stipendiyalar universitetlarda o’qitiladigan turli bosqichdagi kurslar uchun taqdim etiladi, jumladan:

  • Maktabda o’qish uchun – 10 000 Avstraliya dollari (taxminan 7100 AQSh dollari).
  • Ingliz tili kursida o’qish uchun – 5000 Avstraliya dollari (taxminan 3550 AQSh dollari).
  • Kasbiy va malakaviy tayyorlov (vocational and professional training) kurslari uchun – 7500 Avstraliya dollari (taxminan 5330 AQSh dollari).
  • Professional o’quv kursi uchun (professional year program) – 2500 Avstraliya dollari (taxminan 1775 AQSh dollari).
  • Oliy taʼlimning bakalavriat, magistratura va doktorantura kurslari uchun -12 000 Avstraliya dollari (taxminan 8520 AQSh dollari). Stipendiyadan tashqari, bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalarining kontrakt to’lovlari yarim yoki bir yil uchun qoplab beriladi.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Avstraliya va Yangi Zelandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod oʻqishga qiziquvchi, ijtimoiy faol, liderlik sifatlariga ega shaxs bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Batafsil ma’lumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
  4. Nomzod Avstraliya shimoloda joylashgan 10 ta oʻquv yurtidan biriga ariza topshirgan bo’lishi/topshirishi kerak.
  5. Nomzod o’qish davomida Shimoliy Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  6. Nomzod hozirda Shimoliy Avstraliyadagi universitetlardan birining talabasi bo’lishi mumkin emas.
  7. Nomzod ayni vaqtda boshqa manbadan moddiy ta’minot olayotgan bo’lishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar 10 ta universitetda o’qitiladigan turli kurslarda o’qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o’zi tanlagan kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun grant arizasini toʻldirish va uni siz tanlagan kursga qabul uchun tayyorlangan ariza bilan birgalikda, Shimoliy hudud taʼlim vakiliga jo’natish kerak.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  1. Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi.
  2. Sertifikatlar.
  3. Ish tajribasi haqida maʼlumot.
  4. Maxsus kirish imtihoni (STAT).
  5. Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  6. Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi.

Qaysi universitetga va qanday kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham so’raladi. Shuning uchun o’zingiz tanlagan universitet va kurs ma’lumotlarini puxta o’rganib chiqing.

Nomzodlar grantga akademik yutuqlari, liderlik sifatlari va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Grant dasturi ko’p universitetlar va ularda o’qitiladigan o’nlab kurslarga qabulni o’z ichiga oladi. Universitetlar va ulardagi har bir bosqichdagi kurslar uchun qabul mavsumlari turlicha, shuning uchun grantga qabul jarayoni ham universitet va kurslarning ichki qabul jadvali asosida yil davomida davom etadi. Qanday kursga hujjat topshirgan bo’lsangiz, natijalar ham shu kurs qabul grafigi asosida o’qish boshlanguncha e’lon qilinadi. Har bir OTMning o’z qabul jarayoni mavjud, shuning uchun ko’rsatilgan 10 ta OTMdan biror kurs tanlagach, qabul jarayoni, hujjat topshirish muhlati va kerakli hujjatlar ro’yxati bilan tanishib chiqing.

 

Ma’lumot uchun bu yer orqali dastur tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!