×

Australia’s NT scholarships: Avstraliya universitetlari uchun 8600 AQSh dollarigacha moliyaviy yordam dasturi


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1011 marta

Xorijlik talabalarni qo’llab-quvvatlovchi Australia’s Northern Territory yordam moliyaviy dasturi o’zining Study in Australia’s NT scholarships grant dasturi orqali Avstraliya universitetlarida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Study in Australia’s Northern Territory dasturi bilan hamkorlikda faoliyat olib boruvchi bir qancha Avstraliya universitetlari uchun ajratilgan. Hamkor universitetlar ro’yxati bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Grant dasturidan asosiy maqsad shu oliygohlarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar 8600 AQSh dollari (12000 Avstraliya dollari) miqdorida yordam puli bilan ta’minlanadilar. Ushbu yordam puli kontrakt to’lovi uchun o’tkazib beriladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Hamkor oliygohlarning istalgan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Oliygohlarga qabul muddatlari haqida bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod yuqori akademik ko’rsatkichlarga erishgan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Hamkor oliygoh kurslarining istalgan biriga hujjat topshirish jarayonida ushbu arizani ilova qilishingiz kifoya. Hamkor oliygohlarning hujjat topshirish muddatlari bir biridan farq qilishi mumkin, batafsil bu yerda. Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun StudyNT@nt.gov.au elektron manziliga yoki 0889996316 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!