×

Avstriya: bakalavriat va magistratura talabalari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan yozgi maktab – IELTS shart emas, stipendiya – 1400 yevro; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

31.01.2025

QOLGAN VAQT

49 kun

HUDUD

Avstriya

O'QILGAN

56563 marta

Avstriyaning Vena shahrida joylashgan Vienna BioCenter tadqiqot instituti Vena BioCenter Yozgi maktabini taklif etadi. Dastur hozirda bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan hamda keyingi bosqichdagi oʻqishini hayot haqidagi fanlar (Life Sciences) sohasida davom ettirmoqchi boʻlgan talabalar uchun mo’ljallangan. Hayot haqidagi fanlar sohasi qaysi fanlar (yoʻnalishlar)ni qamrab olishini BU YERDA koʻrishingiz mumkin.

Ishtirokchilar mavjud tadqiqot loyihalaridan birini tanlaydi va qatnashchilarga  tanlangan loyiha boʻyicha laboratoriyada tadqiqot olib borishda ular bilan birga ishlaydigan xodim biriktiriladi. Molekulyar biologiya, nevrologiya, immunologiya, bioinformatika, RNK biologiyasi, ildiz hujayralari va biokimyo kabi koʻplab sohalar boʻyicha tadqiqot sohalari mavjud. Tadqiqot davomida ishtirokchilar tajriba oʻtkazadi, maʼlumotlarni tahlil qiladi, fikr va gʻoyalar ishlab chiqadi va ularning natijalarini tahlil qiladi.

Shuningdek, yozgi maktab uchrashuvlar, seminarlar, ekskursiyalar, koʻngilochar mashgʻulotlar va simpoziumlarni ham oʻz ichiga oladi.

2025-yildagi yozgi maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha davom etadi (dastur sanalari biroz oʻzgarishi mumkin). Ushbu yozgi maktabga jami 20 nafar atrofida talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Yozgi maktab Vena shahrida boʻlib oʻtadi.

Yozgi maktabda ishtirok etayotgan laboratoriyalar hamda ular o’tkazayotgan tadqiqot mavzulari (loyihalar) bilan bu yerda tanishish mumkin (loyihalar roʻyxati qabul ochilishiga yaqin eʼlon qilinadi).

Ushbu yozgi maktabga ariza berish bepul.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

BioCenter yozgi maktabiga qabul qilingan talabalarga quyidagi imkoniyatlar bilan taʼminlanadi:

  1. Talabalar toʻliq jihozlangan, internetga ega bepul turar joy bilan taʼminalanadi.
  2. Talabaning salomatligi sug’urta qilinadi.
  3. Talabaga butun dastur uchun umumiy 1400 yevro stipendiya beriladi.
  4. Talaba dastur davomida Venadagi jamoat transportlaridan bepul foydalana olishi uchun unga oylik chipta beriladi.
  5. Talabaning Venaga kelishi va u yerdan vataniga qaytishi uchun sarflangan xarajatlari qoplab beriladi.
  6. Bir qancha ijtimoiy tadbirlarda bepul qatnashish imkoniyatiga ega boʻladi.
  7. Yakuniy simpoziumda har bir talaba oʻz tadqiqoti boʻyicha nutq soʻzlaydi, eng yaxshi nutq egalari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  1. Nomzod 2024-yil 30-iyun holatiga koʻra, bakalavr bosqichining kamida 2 oʻquv yilini yoki magistratura bosqichining kamida 1 oʻquv yilini yakunlagan boʻlishi lozim.
  2. Nomzod hayot haqidagi fanlar sohasiga oid soha boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod qoida tariqasida 3 oylik tadqiqot tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nozmodning baholari yaxshi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS, TOEFL yoki shu kabi boshqa til sertifikatlarini topshirish majburiy emas, lekin imkon qadar topshirish tavsiya etiladi.
  6. Joriy yilda universitetda tahsil olayotganini isbotlovchi hujjat (maʼlumotnoma) taqdim etilishi kerak. Shuningdek, imkoni boʻlsa, keyingi oʻquv yilida ham universitetda tahsil olishi haqidagi maʼlumotnoma ham topshirish kerak, imkoni boʻlmasa, faqat joriy yilda universitetda tahsil olayotganlik haqidagi hujjat taqdim etiladi.

MUHIM: Yuqoridagi talablar umumiy tarzda keltirilgan. Talablar bilan batafsil tanishish uchun muvofiqlik talablari (Eligibilty criteris) va koʻp beriladigan savollarga javoblarni oʻqib chiqing.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar qabuli 2025-yil 31-yanvargacha davom etadi. Arizalar onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi.

Onlayn ariza topshirish jarayonida quyidagi hujjatlarni yuklash talab etiladi:

  • Universitetda oʻqiyotganlik haqidagi maʼlumotnoma (enrollment certificate).
  • Oʻtilgan fanlardan baholar va/yoki oxirgi yildagi imtihon natijalari (baholari).
  • Keyingi yilda ham universitetda oʻqishingizni tasdiqlovchi hujjat (maʼlumotnoma). Agar bu hujjatni topshirishning imkoni boʻlmasa, keyingi yil oʻzingiz oʻqiydigan kurslar (fanlar) roʻyxatini keltirgan holda shaxsiy bayon topshirasiz.

Hujjatlar ingliz yoki nemis tilida boʻlishi, boshqa tilda boʻlsa, ingliz yoki nemis tili tarjimasi ham ilova qilingan holda topshirilishi lozim. Tarjimani nomzodning oʻzi qilsa ham boʻladi. CV yoki muqova xati topshirish talab etilmaydi.

Qabul natijalari 2025-yil 15-martda eʼlon qilinadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dasturning rasmiy saytidagi maʼlumotlar va koʻp beriladigan savollarga javoblarni batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!