Avstraliya milliy universitetining John Curtin School of Medical Research (JCSMR) maktabi har yili PhD bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun grant taqdim etadi. Ushbu grantdan maqsad – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvtalash.
Faqat tibbiy fanlardan birini tanlaganlargina ushbu grant dasturiga qabul qilinadi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida o'qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantni qo’lga kiritgan nomzod quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:
- Kontrakt puli to’liq qoplab beriladi;
- Yillik 27 ming Avstraliya dollari miqdoridagi stipendiya bilan ta’minlanadi;
- Ilmiy ishni chop qilish xarajatlari qoplanadi.
Talablar:
- Nomzod xalqaro talaba bo’lishi lozim;
- Nomzod Avtraliya milliy universitetining John Curtin School of Medical Research maktabida Doctor of Philosophy darajasiga (full-time) qabul qilinishi kerak;
- Magistrlik diplomiga diplomiga ega bo’lishi hamda tibbiyot sohasida ilmiy ish (dissertatsiya) qilgan bo’lishi kerak. Shuningdek, tibbiyot sohasiga oid maqolalar chop etgan bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjatga (IELTS) ega bo’lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Doctor of Philosophy darajasiga topshirgan nomzod o’z-o’zidan grantga hujjat topshirgan hisoblanadi. Ushbu darajaga topshirish uchun SHU YERGA kiring.