×

Avstraliya: Adelaida universiteti bakalavrlar uchun grant e’lon qildi!


Grant

MUHLAT

19.01.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1498 marta

Adelaide universiteti 2018-2019 o’quv yili uchun bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun to’liq bo’lmagan grant e’lon qildi. Adelaide universiteti Avstraliyaning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi hamda ta’lim  va tadqiqot sifati bilan shuhrat qozongan. Stipendiya, bir nechta istisnolarni hisobga olmaganda, istalgan mutaxassislik bo’yicha xalqaro talabalarga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida tahsil olishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Hujjatlar 2018-yil 19-yanvarga qadar qabul qilinadi.
  • Stipendiya Adelaide universitetida bakalavr bosqichini o’qimoqchi bo’lganlar uchun beriladi.
  • Stipendiya tibbiyot, jarrohlik, stomatologik jarrohlik, og’iz salomatligi va veterinar biofandan tashqari boshqa barcha sohalarni qamrab oladi.
  • Stipendiya eng uzog’i 4 yil davom etadigan tahsilni har yili uchun to’lanadigan yillik to’lov-shartnoma pulini 25% miqdorini to’lashdan ozod etadi
  • Stipendiya har yili 40 nafar nomzodga taqdim etiladi
  • Stipendiya Buyuk Britaniyada olinishi mumkin.

Stipendiyani kimlar yutib olishi mumkin:

  • Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari barcha mamlakatlardan xalqaro talabalar stipendiya dasturi uchun hujjat topshirishlari mumkin.
  • Dastur endi xalqaro talaba bo’lishni boshlayotganlar uchun amal qiladi;
  • Avstraliya yoki boshqa mamlakatlarda o’rta ta’lim va o’rta-maxsus ta’limni olgan, yoki bakalavr bosqichidagi tahsilni Adelaide universitetiga ko’chirmoqchi bo’lganlarning ham dasturga hujjati qabul qilinadi.

Qaysi davlat fuqarolari qatnasha oladi:

Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari barcha mamlakatlar fuqarolari uchun

Talablar:

Til bilishga qo’yiladigan talablar: Universitetda amal qiladigan ingliz tilini bilish darajasini aniqlaydigan imtihonlar IELTS, TOEFL, Pearson Test of English – Academic hamda CAE (Cambridge English: ilg’or daraja). Ushbu imtihonlardan o’tganligi bo;yicha sertifikatga ega bo’lmagan talabalar Adelaide universitetiga qabul qilinishdan oldin intensiv ingliz tili kursini talab qilingan darajada qoniqarli tamomlashi kerak bo’ladi. Universitet o’zining ingliz tili markazidagi mos ingliz tili dasturi, Academic English (PEP Pathway) ni taklif qilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish tartibi:

Qanday topshiriladi:

  • Onlayn tarzda;
  • Istalgan vaqtda.
  • Nomzodlar hujjatlarni joylashdan avval universitetdan qabul taklifini olishlari kerak (shartli taklif bilan qabul qilinadigan nomzodlar stipendiya taqsdiqlanishidan oldin shartlarni qabul qilishi va unga javob berishi kerak).
  • Hujjatlarning barchasi hisobga olinadi va hamma stipendiya berilmaguncha doimiy ravishda taklif qilinib boradi.

Barcha rasmiy hujjatlar va ularning ingliz tiliga tarjima qilingan nusxasi asliga to’g’ri ekani tasdiqlanishi kerak.

Onlayn arizani SHU YERDA to’ldirishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!