×

Avstraliya: Arxitektura va qurilish boʻyicha bakalavriat uchun 95 000 AQSh dollar grant!


Grant

MUHLAT

13.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3493 marta

Avstraliyada joylashgan University of Newcastle universitetining Faculty of Engineering and Built Environment (FEBE) fakulteti bakalavriat kurslari uchun ajratilgan FEBE Golden Jubilee Commemorative International Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Newcastle universiteti tegishli bakalavr kurslariga oʻqishga kirgan alochi va iqtidorli chet ellik talabalarga ajratilgan. Grantlar FEBE fakulteti tarkibiga kiruvchi barcha bakalavr kurslari uchun amal qiladi. ushbu grant dasturidan maqsad fakultetning yubileyini nishonlash bilan birga iqtidorli chet ellik talabalarni ragʻbatlantirish.

FEBE tarkibida quyidagi yoʻnalishlarda bakalavr kurslari mavjud:

Grant dasturi doirasida 1 nafar talabaga grant berilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

FEBE fakulteti grantini yutib olgan talabaning oʻqish kontrakti butun kurs davomida toʻliq qoplab beriladi. Grantning umumiy hajmi 140 000 AUD (taxminan 95 000 USD)ni tashkil etadi.

Grant puli talabaga toʻgʻridan-toʻgʻri berilmaydi, lekin uning konkraktiga yoʻnaltirilib, har semestr konktraktni toʻlab boradi. Grant olishda davom etish uchun talaba a’lo baholarga oʻqishi kerak.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliyadan tashqari) vakillari bu grantga ariza bera oladi.
  • Nomzod Newcastle universiteti FEBE fakulteti tarkibidagi tegishli kurslardan biriga bakalavr bosqichiga oʻqishga kirgan boʻlishi yoki ariza topshirishi kerak. universitetdagi turli bakalavr kurslariga qabul talablari asosan yuqori maktab diplomi va mos fuqarolik hisoblanadi. Lekin kursning boshqa talablari uning yoʻnalishidan kelib chiqib belgilanadi, shuning uchun sizni qiziqtirgan kurs haqidagi berilgan ma’lumotlar bilan batafsil tanishib chiqishingiz kerak.
  • Nomzod oʻqishini 2020-yil 1-sentabrda boshlashi kutilayotgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod Avstralyadan boshqa davlat fuqarosi boʻlishi zarur.
  • Nomzod bu oʻquv muddati uchun boshqa yirik grant olishi mumkin emas.
  • Nomzod kollej yoki litsey (yuqori maktab)da a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi, ijtimoy va akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Newcastle Universitetiga qabul uchun minimum ingliz tili talabi IELTS 6.5-7 ga teng. batafsil
  • Nomzod universitetning Callaghan Campus binosiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  • Nomzod ilgari Avstraliya bakalavr kurslarida oʻqimagan boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjatlar onlayn ariza koʻrinishida qabul qilinadi. Arizalar nomzodning erishgan akademik yutuqlari, baholari, motivatsion xati va boshqa hujjatlari asosida olib boriladi. Arizalar 2019-yil 13-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: scholarships@newcastle.edu.au manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!