Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2019-yilning kuzidan bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi yuqori sinf bitiruvchilari uchun International Student Excellence Scholarship – High School Leavers dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant uch–toʻrt yil davomida oʻqish pulini qisman qoplashga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 25% qismi oʻqish muddati tugaguncha toʻlab beriladi.
Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr bosqichida oʻqish haqi 2019-2020-oʻquv yiliga 7 886 dan 8 780 AQSH dollarigacha. Bu haqida batafsil SHU YERDA koʻrsatilgan.
Talablar:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
- Universitet bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Nomzodlarni saralash:
- akademik yutuqlari;
- tirishqoqligi;
- ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 17-mayga (2-trimestr), 2019-yil 6-sentyabrga (3-trimestr) qadar qabul qilinadi. Dedayn haqida batafsil: SHU YERDA.
Grantga ariza topshirishdan avval Griffith Universityning bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Dastlab, universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz.
Masalan, Bachelor of Applied Information Technologyga hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:
- Bachelor of Applied Information Technology sahifasidan “How to apply” boʻlimini tanlaymiz.
- Berilgan roʻyxatdan kerakli talablar va hujjatlarni koʻrsatamiz.
- Ariza topshirish onlayn tarzda QTAC ilovasi oqali amalga oshiriladi.
- Ilovaga kirib, barcha maʼlumotlar bilan tanishamiz. Oʻng tarafdagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Attestat/diplom va diplom ilova nusxasi.
- Sertifikatlar.
- Ish tajribasi haqida maʼlumot.
- Maxsus kirish imtihoni (STAT).
- Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.
Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn shaklda toʻldiriladi va 2019-yil 17-maygacha (2-trimestr uchun) joʻnatiladi.
Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:
- Shaxsiy maʼlumotlar (ism-sharif, biografik maʼlumotlar, manzil va hokazo).
- Akademik maʼlumotlar.
- Stipendiya haqidagi boʻlim.
- Checklist (hujjatlar ro’yxati).
Natijalar 2-trimestr uchun 31-maygacha, 3-trimestr uchun 20-sentyabrgacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
International Office
Griffith University
170 Kessels Road
Nathan Qld 4111
Australia
Telefon:61737356425