×

Avstraliya: bakalavr kurslari uchun 10000 Avstraliya dollari grant


Grant

MUHLAT

15.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1668 marta

Avstraliyaning Monash universiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun taqdim etiladigan Monash International Merit Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant a’lo baholarga o’qigan, iqtidorli va yetakchilik sifatlariga ega bo’lgan xorijlik talabalarga taqdim etiladi. Grant uchun 31 nafar talaba saralab olinishi rejalashtirilgan. Monash universiteti dunyodagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo’lib, jahon reytinglarida eng yaxshi universitetlar 100taligiga kiritilgan. Grantni quyidagi bakalavr kurslarida o’qish uchun yutib olish mumkin:

Art, design & architecture (San’at, dizayn va arxitektura)

Humanities & social sciences (Gumanitar va ijtimoiy fanlar)

Business (Biznes)

Education (Ta’im)

Engineering (Muhandislik)

Information technology (Axborot texnologiyalari)

Law (Huquqshunoslik)

Medicine, nursing & health sciences (Tibbiyot, hamshiralik ishi va sog’liqni saqlash fanlari)

Pharmacy & pharmaceutical sciences (Farmatsevtika va farmatsevtika fanlari)

Science (aniq fanlar)

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga o’qishi tugaguniga qadar har yili 10000 Avstraliya dollari (taxinan 6938 AQSh dollari) stipendiya beriladi.

Talablar:

  1. Nomzod Monash universitetidagi bakalavr kurslaridan biriga talabalikka tavsiya etilgan (o’qishga kirgan) bo’lishi kerak.
  2. Nomzodning baholari yuqori bo’lishi kerak. Grantlar akademik ko’rsatkichlarga asosan beriladi.
  3. Nomzod o’qish davomida Monash universitetida Monash universitetini targ’ib qila olishi kerak.
  4. Grantni yutib olgach, har semestrda baholari 70%dan pasaymasligi kerak.
  5. Grantni yutib olgan talabadan kamida uchta marketing kursi o’qish va/yoki stipendiya bo’yicha targ’ibot tadbirlarida ishtirok etish talab qilinadi.

Bakalavr kursiga o’qishga qabul qilinish uchun talablar:

  1. Nomzod 17 yoshdan kichik bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. O’qishga kirish uchun kamida IELTS 6.5 (har bir qismdan olingan ball 6.0 yoki undan yuqori bo’lgan holda) yoki TOEFL IBT 79 talab qilinadi. Tilni bilish talablari haqida batafsil
  3. Nomzod kamida 12 yillik ta’limni tamomlagan bo’lishi va baholari yaxshi yoki yuqori bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

  1. Grantga ariza berish uchun Monash universitetida o’qitiladigan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirish va qabul qilinish kerak. Kerakli bakalavr kursiga hujjat topshirishning so’nggi muhlatlari va talablarni tekshirib chiqqach, ariza topshirish jarayoni boshlanadi.
  2. Bakalavr kursiga ariza berib, o’qishga qabul qilingach, grantga bu yerda ariza beriladi. 2021-yilda boshlanadigan kurslar uchun grantga arizalar 2020-yil 15-oktyabrga qadar qabul qilinadi.

Grantga hujjat topshirish jarayonida talabadan moliyaviy holatini ko’rsatuvchi hujjatlar talab qilinishi mumkin, masalan, grant uchun nomzod otasining yillik daromadini ko’rsatuvchi hujjatlarni taqdim etishi kerak bo’ladi.

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

 

Murojaat uchun: monashalumni@monash.edu elektron manzili yoki +61 3 9902 6000 raqamiga bog’lanishingiz mumkin.

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!