×

Avstraliya: bakalavr va magistratura bosqichida o’qish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1100 marta

Avstraliyaning Darvin shahrida joylashgan Charles Darwin University (CDU) oliygohi CDU Global Excellence Scholarship grant dasturi orqali bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni rejalashtirayotgan talabalarga o’zining grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi Charles Darwin University oliygohida o’qitiladigan bakalavr va magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grant dasturidan asosiy maqsad shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabalar bakalavr va magistratura kursi kontrakt to’lovining 50 foizidan ozod etiladi. Bu to’lov faqat kursning birinchi bosqichi uchun amal qiladi. Qolgan bosqichlarda talabalar to’lov kontraktining 10 foizidan ozod etiladi. Grantni har yili olish uchun talabaning o’qishi pasayib ketmasligi kerak.

Charles Darwin University universiteti bakalavr va magistratura bosqichi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod Charles Darwin University oliygohining magistratura yoki doktorantura kurslaridan biriga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kursi qabul talablari bilan bu yerda va magistratura kursi qabul talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.
  • Nomzod bundan oldingi ta’lim bosqichini a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi lozim.
  • Ijtimoiy faol, jamoat ishlarida tashabbuskorligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga egaligi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod faqatgina bitta grant dasturiga ro’yxatdan o’tgan bo’lishi lozim
  • Ingliz tili bilim darajasini ko’rsatuvchi IELTS 6.5 ball, TOEFL IBT 79 ball sertifikatlarini taqdim etishlari lozim. Til talablari haqida to’liq ma’lumotni bu yerda bilib olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Charles Darwin oliygohiga hujjat topshirish jarayonida ushbu arizani ham qo’shib topshirish lozim. Kursga hujjatlar bu yerda 2020-yil 30-noyabrigacha qabul qilinadi. Qabul muddati kurs yo’nalishlariga qarab farq qilishi mumkin.  Hujjat topshirayotganda quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  • Akademik resume
  • Bundan oldingi ta’lim bosqichi baholar ro’yxati
  • Taqdirlangan sertifikatlar
  • Ingliz tili bilim darajasini belgilovchi sertifikat (muddati o’tmagan bo’lishi lozim).
  • Pasport nusxasi
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.
  • 500 so’zdan iborat Motivatsion xat (Why you should be awarded a scholarship? savoliga javob berishi lozim)

Hujjatlar ingliz tilida bo’lishi lozim. Agar hujjat boshqa tilda bo’lsa, notarius orqali tayyorlangan rasmiy tarjimasi topshiriladi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun study@cdu.edu.au  elektron pochtasiga yoki +1800061963 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!