×

Avstraliya: bakalavr va magistratura kurslarida onlayn o’qish uchun 30% grant


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1423 marta

Avstraliyada joylashgan Edith Cowan University tomonidan taqdim etiladigan Welcome to ECU Online Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Edith Cowan universiteti tomonidan o’qitiladigan magistratura va bakalavr kurslarida o’qish uchun taqdim etiladi. Universitetdagi 2020-yil sentyabrda boshlanadigan bakalavr va magistratura kurslari onlayn tarzda olib borilishi rejalashtirilgan bo’lib, 2021-yildan boshlab o’qish yana universitet binosida olib boriladi. Grantlarni bu yerdagi kurslar uchun yutib olish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant taqdim etilgan talabalarning bakalavr va magistratura kurslari uchun o’qish to’lovlariga 20% va 30% chegirma qilinadi. Ba’zi fakultetlardagi kurslar uchun faqat 30%, ba’zi fakultetlar uchun esa faqat 30% grant amal qiladi. Welcome to ECU Online Scholarship kurslarning 2020-yilda onlayn olib boriladigan qismi uchun o’qish to’lovini to’lashda moliyaviy ko’mak berish maqsadida beriladi.

Talablar:

  • Nomzod o’qish boshlanganidan keyin ham grantning barcha talablariga javob berishi, baholari pasayib ketmasligi kerak.
  • Nomzodning salomatligi va moliyaviy holati yaxshi bo’lishi kerak.
  • Nomzod Edith Cowan universitetining bu yerda ko’rsatilgan kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak va o’zi tanlagan bakalavr yoki magistratura kursi qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Bakalavr kursiga hujjat topshirayotgan nomzod 12 yil ta’lim olgan bo’lishi (diplom yoki shahodatnomaga ega bo’lishi), magistratura kursiga hujjat topshirayotgan nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza berish talab qilinmaydi. Edith Cowan universitetining bu yerda ko’rsatilgan bakalavr va magistratura kurslaridan biriga o’qish uchun hujjat topshirsangiz kifoya. Agar o’qishga qabul qilinsangiz, grant yutib olish uchun nomzodlikka ham qo’yilasiz. Arizalar 2020-yil 31-iyulgacha bu yerda qabul qilinadi.

Agar savollaringiz bo’lsa, Edith Cowan universitetiga xabar yo’llashingiz mumkin. Universitet bilan bog’lanish uchun bu yerga bosing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!