×

Avstraliya: bakalavr va magistratura kurslarida o’qish uchun 25% gacha grantlar


Grant

MUHLAT

31.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5962 marta

Avstraliyada joylasgan La Trobe universitetida o’qitiladigan Graduate Certificate, Graduate Diploma, magistratura va bakalavr kurslariga va shu kurslarga o’qishga kirgan eng a’lochi talabalarni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladigan La Trobe International Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar bu yerda ko’rsatilgan ro’yxatga kiritilgan kurslarga qabul qilingan yuqori ko’rsatkichlarga ega, xorijlik talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va undan keyingi bosqich kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

La Trobe International Scholarships grant dasturi tarkibida uchta grant dasturi mavjud:

  • La Trobe University International Academic Scholarship – o’rtacha baholari 55-69.9 ball oralig’idagi talabalar uchun. Grant yutgan talabaning o’qish to’loviga 15 % chegirma;
  • La Trobe University International Merit Scholarship – o’rtacha baholari 70-74.9 ball oralig’idagi talabalar uchun. Grant yutgan talabaning o’qish to’loviga 20 % chegirma;
  • La Trobe University International Excellence Scholarship – o’rtacha baholari 75 ball va undan yuqori talabalar uchun. Grant yutgan talabaning o’qish to’loviga 25 % chegirma.O’qish to’lovlari haqida

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kurslari uchun 12 yillik ta’lim olganlik shahodatnomasi/diplomiga, magistratura, Diploma va Certificate kurslari uchun esa bakalavr diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari 55 (100 dan) balldan yuqori bo’lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va o’zi hujjat topshirayotgan kursning qabul uchun ingliz tili talablariga to’liq mos bo’lishi kerak. Odatda, qabul uchun IELTS 6.0-6.5 talab etiladi. Batafsil
  • Grant taqdim etilgan talabaning baholari o’qish davomida ham pasayib ketmasligi kerak.
  • Bakalavr, Diploma, Certificate va magistratura kurslarining har birida qabul uchun alohida ichki talablar bo’lishi mumkin. O’qishga qabul qilinish va grantni yutish uchun qo’yiladigan boshqa barcha talablarni bu yerdagi ro’yxatga kiritilgan kurslar ichidan o’zingizga keraklisini tanlab bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

La Trobe International Scholarships grantlarini yutib olish uchun alohida ariza topshirilmaydi. Ko’rsatilgan ro’yxatdagi bakalavr, magistratura, Certificate va Diploma kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirsangiz, qabul qilinganingizdan so’ng grant uchun nomzodingiz qo’yiladi. Hozir bu kurslarning ba’zilari uchun qabul tugagan (va 2020-yil kuz oylarida yana ochiladi), ba’zilariga qabul ochiq. Grantni yutib olish uchun o’zingizga kerakli kurs ma’lumotlari bilan tanishib, imkon qadar ertaroq hujjat topshiring. Grant dasturi uchun arizalar 2022-yil 31-dekabrga qadar bir necha marta qabul qilinadi (lekin o’quv ma’lum semestrdagi o’quv kurslariga kirishga ulgurish uchun ertaroq hujjat topshirish kerak).

Hujjat topshirish jarayoni haqida

Dastur va qabul jarayoni haqida ma’lumot uchun LTIRecruitment@latrobe.edu.au elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!