×

Avstraliya: bakalavr va magistratura uchun 6500 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

01.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

5680 marta

Avstraliyada joylashgan Swinburne University of Technology universitetining International Aviation Women’s Association Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi Xalqaro Aviatsiya Ayollar Assotsiatsiyasi  (IAWA) tomonidan ta’sis etilgan bo’lib, shu universitetning Aviatsiya yo’nalishidagi bakalavr va magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan ayol talabalar uchun ajratilgan. Dasturdan maqsad universitetga o’qishga qabul qilingan iqtidorli ayol talabalarni rag’batlantirish hamda moddy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr yoki magistraturada o’qishni xohlovchi xotin-qizlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Internatioal Aviation Women’s Association grantini yutib olgan talabaga 6500 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik mablag’ beriladi. Undan tashqari, u Peruning Lima shahrida o’tkaziladigan 2019-yilgi IAWA Xalqaro konferensiyada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Konferensiyada qatnashish xarajatlari to’liq qoplab beriladi.

Swinburne universiteti kurslari uchun kontrakt to’lovi miqdorlari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Swinburne Universitetining aviatsiya yo’nalishidagi bakalavr yoki magistratura kurslaridan birida qabul ayol kishi bo’lishi shart.
  2. Nomzodning millati va fuqaroligiga cheklovlar yo’q.
  3. Nomzod o’z tengdoshlari orasida a’lo baholari vav yetakchilik qobiliyati bilan ajralib turishi kerak.
  4. Nomzod tavsiyanoma va shaxsiy bayonot (personal statement) topshirishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grant Swinburne universitetida o’qiyotgan talabalar uchun beriladi shuning uchun grantga ariza berishdan oldin universitetning shu yo’nalishdagi bakalavr va magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilinishi shart. Universitet kurslariga ariza topshirish uchun bu yerga bosing. Kurslarga qabul uchun nomzod ingliz tilini bilishi zarur, qabul uchun IELTS’dan kamida 6-6.5, TOEFL IBT’dan kamida 75-79 ball talab qilinadi. Bakalavr va magistratura kurslari uchun qabul jarayoni va talablari turlicha bo’lishi mumkin, batafsil ma’lumot uchun bu yerga tashrif buyurishingiz mumkin.

Talabaga aylangach, grantni yutib olish uchun onlayn ariza topshirish kerak bo’ladi. Arizalar 2019-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun scholarship@swin.edu.au elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!