×

Avstraliya: Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlarga qisman grant!


Grant

MUHLAT

13.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1767 marta

Avstraliyaning Sidney shahridagi International College of Management 2020-yil fevraldan boshlanadigan bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun 2020-yilgi ICMS INTERNATIONAL SCHOLARSHIP dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant 3 bosqichli saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun universitetning bakalavr bosqichida oʻqish haqi  tanlanan kursga qarab farq qiladi. Bu haqida batafsil: shu yerda ma’lumot berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga kontrakt pulini toʻlash uchun taxminan 15 000 AUD (taxminan 10 195 USD) pul ajratiladi.

Grant yutib olgan talabaga beriladigan pul kontraktni toʻliq qoplashga yetmaydi. Qolgan toʻlovni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi. Bundan tashqari, talaba yashash, oziq-ovqat, yoʻl xarajatlari kabi sarflarni ham oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
  • Universitet bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval universitetning bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Dedlayn 2019-yil 13-dekabr.

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha boʻladi (umumiy):

  1. Dastlab universitetga qabul uchun hujjat topshiring.
  1. Oʻqishga qabul qilinganingiz haqidagi xatni olgandan keyin grantga ariza bering (xatni pochtangizga joʻnatishadi).
  2. Grant boʻyicha yoʻriqnomani oʻqib chiqing.
  3. Arizani yoʻriqnoma asosida toʻldiring.
  4. Arizaga imzo qoʻyib, 2019-yilning 13-dekabr kunigacha joʻnating. Stipendiya va oʻqishga kirish haqidagi savollar uchun info@icms.edu.au manziliga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Attestat va diplom, diplom ilova nusxasi (Avstraliya universitetlariga hujjat topshirish uchun 12 yillik: 9 yil maktab va 3 yil kollej yoki litsey diplomini birga topshirish kerak boʻladi).
  • Sertifikatlar (menejment kurslari uchun matematika boʻyicha bilimingiz haqida sertifikat soʻralishi mumkin. Masalan, GMAT, ACT kabi).
  • Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi. Har bir kurs sahifasida oʻqishga kirish talablari, hujjatlar roʻyxati berilgan. Topshiradigan hujjatlaringizni oʻsha yerdan aniqlang.

Bogʻlanish uchun: info@icms.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!