×

Avstraliya: Bakalavriat bosqichida oʻqishni istaganlarga qisman grant


Grant

MUHLAT

02.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1106 marta

Avstraliyada joylashgan University of Sydney 2020-yilgi University of Sydney Honours Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur 2020-yilda boshlanadigan bakalavriat kurslarida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir yilgacha kontrakt pulidan 6 000 AUD (taxminan 4 047 USD)gacha chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan (attestat/kollej/litsey) diplomiga yoki shunga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitetda oʻqitiladigan CRICOS (chet elliklar oʻqishi mumkin boʻlgan) bakalavriat kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Ayni vaqtda universitetda oʻqiyotgan talabalar ariza bera olmaydi.
  • USdan boshqa grant olayotganlar bu gantga hujjat topshira olmaydi.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning CRICOS (chet ellik nomzodlar uchun hujjat topshirish mumkin boʻlgan) bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval mos keladigan kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati –2019-yil 2-dekabrgacha. Ammo grant olish uchun 2 oy oldin hujjat topshirgan ma’qul.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Tanlagan kursingizga ariza topshiring.
  • Jarayonda biror savol tugʻilsa shu yerga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diplomi yoki ekvivalent va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, darsdan tashqari tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!