×

Avstraliya: Bakalavriat bosqichlari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1067 marta

Avstraliyaning Queensland University of Technology (QUT) 2020-yilda boshlanadigan kurslar uchun International Merit Double Degree Scholarship dasturiga arizalar qabulini e’lon qiladi. Dastur doirasida stipendiyalardan maqsad ikki mutaxassislik (double degree) kurslarida ta’lim olishni xohlovchi iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlardagi shu sohaga bo’lgan qiziqishni rag’batlantirishdir. Grant quyidagi sohalarga tegishli:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha turlicha kontrakt puli toʻlaydi. Barcha kurslarning kontrakt toʻlovi tanlangan kurs sahifalarida berilgan.

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga bir yilga kontraktdan 25 foiz chegirma qilinadi. Kontrakt buddatini keying semestrlarga uzaytirish uchun nomzodning oʻzlashtitris koʻrsatkichi yuqori boʻlishi lozim.

Dastur nomzodning kontraktini qisman qoplaydi va boshqa xarajatlarni toʻlamaydi, ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Grantga barcha mamlakat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavr bosqichiga oʻqishga kirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod University of Queensland`ning double dgree – ikki mutaxassislik kursiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  6. Dastur faqat o’qishga endigina qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun mo’ljallangan.
  7. Universitetning boshqa grantini olayotgan nomzodlar bu grantga aria bera olmaydi.
  8. Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’lim tizimiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diplomiga ega boʻlishi lozim.

Barcha talabar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Oliygohga hujjatlar qabul qilish dedlayni har yilning 1-oktabrdan fevralgacha. 2020-yilning fevralida boshlanadigan ikki mutaxassislik (double degree) kurslarida kurslariga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn arizani to’ldirib, shu yilning 31-oktabriga qadar topshirishi kerak.

Hujjat tophirish tartibi va talablar: shu yerda berilgan.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza. (Ariza shaklida talab etilgan barcha hujjatlar batafsil ma’lumotlar bilan taqdim etilishi kerak.)
  2. Avstraliyaning 12 yillik ta’lim tizimiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diploma.
  3. Baholardan ko’chirma (diplom ilovasi).
  4. Til sertifikatlari (IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball).
  5. GMAT/GRE sertifikati (agar mavjud bo’lsa).
  6. Pasport nusxasi.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur.

Ma’lumot uchun: shu yerga yoki qut.intadmission@qut.edu.au manziliga muroaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!