×

Avstraliya: bakalavriat uchun 18000 AQSh dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

16.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3264 marta

Avstraliyada joylashgan International College of Management, Sydney (ICMS) universiteti 2019-yil fevral oyida boshlanadigan bakalavr kurslari uchun ajratilgan grant uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu grant dasturi doirasida quyidagi bakalavr kurslari uchun  grant ajratilishi rejlashtirilgan:

  • Hospitality
  • Management
  • International Tourism
  • Event Management
  • Business Management
  • Sports Management
  • Property Management.

ICMS International Scholarship grant dasturidan maqsad unveristetda o’qish istagidagi iqtidorli chet ellik talabalarga moddiy jihatdan yengillik yaratish.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

ICMS International Scholarship dasturi doirasida grant yutib olgan talabaga 25000 Avstraliya dollarigacha (17 ming 974 AQSh dollari) bo’lgan miqdorda grant beriladi. Universitetning bakalavr kurslari kontrakt to’lovlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga bosing.

Talablar:

ICMS Xalqaro Granti quyidagi talablarga eng mos talabaga beriladi:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod ICMS’ning belgilangan bakalavr kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak va bakalavr kurslariga qabul talablariga to’liq mos bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. ICMS bakalavr kurslariga qabul uchun nomzodlardan IELTS’dan kamida 6.0 ball yoki TOEFL IBT’dan kamida 69 ball talab qilinadi.

Bakalavr kurslariga qabul jarayoni haqida batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish 3 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich – Bunda nomzod universitet bakalavr kurslariga hujjat topshirishi va qabul qilinishi kerak. Bakalavr kurslariga hujjat topshirish bilan batafsil  www.icms.edu.au/courses saytida tanishishingiz mumkin.

2-bosqich – Bakalvrlik kurslariga qabul qilingandan keyin, 2018-yilning 16-noyabrigacha kamida 500 so’zdan iborat insho yozilishi kerak. Inshoa quyidagi savollarga javob berlishi kerak:

  1. The reasons for choosing ICMS, including the choice of program/specialization
  2. What will you bring to ICMS?
  3. Why are you the most appropriate student to be awarded this scholarship?
  4. Where do you hope to be in 10 years’ time and how ICMS will contribute to this?

3-bosqich – Suhbat. Suhbat Skype orqali amalga oshiriladi, shu sababli, nomzod Skype akkauntini ham email orqali yuborishi kerak bo’ladi.

Grantga nomzodlar ingliz tili darajalari, motivatsion xatlari va suhbat natijalariga asosan saralanadi.

Grant uchun arizalar quyidagi manzilga:

Don Shiell
Vice President, International Development
International College of Management, Sydney
151 Darley Rd, Manly
NSW 2095 AUSTRALIA

hamda icmsscholarships@icms.edu.au elektron manziliga odatiy pochta va elektron pochta orqali jo’natilishi shart. Arizada quyidagi hujjatlar jamlanishi zarur:

  1. Ingliz tili imtihoni sertifikati
  2. Baholar
  3. Motivatsion insho
  4. Grantga ariza
  5. ICMS tomonidan talabani o’qishga taklif qilish uchun jo’natilgan taklif xati (Full letter of offer).

Ma’lumot uchun 1800 657 572 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!