×

Avstraliya: bakalavriat uchun 50% lik grantlar


Grant

MUHLAT

24.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2543 marta

Avstraliyaning Queensland shahrida joylashgan Bond University oliygohi 2019–yil sentabrda boshlanadigan bakalavr kurslariga o’qishga qabul qilingan chet ellik talabalarga International Undergraduate Excellence Scholarships grant dasturini e’lon qiladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli xorijlik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatda o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga kontrakt to’lovining 50 foizi miqdoridagi stipendiyalar ajratiladi.

Master of Psychology, Bachelor of Medical Studies, Doctor of Physiotherapy yo’nalishlari hamda talabalar almashinuv dasturlari (student exchange programs) bo’yicha grant ajratilmaydi. Grantlar faqat kontrakt to’lovini qisqartirib berish shaklida bo’ladi. G’oliblarga naqd pul yoki boshqa ko’rinishda mablag’ ajratilmaydi.

University of Queensland oliygohida o’qish xarajatlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Bond Universityning bakalavr kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi kerak. (Hali universitetga hujjat topshirmagan nomzodlar avval bu yerdagi havola orqali universitetga hujjatlarini topshirib, keyin stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin).
  3. Nomzod a’lochi bo’lishi kerak.
  4. Nomzod 2019-yil 24-mayga qadar  Undergraduate Excellence Scholarship Application Form ni to’ldirib, grant dasturiga hujjat topshirishi kerak.
  5. Nomzod avval Bond University’da tahsil olmagan bo’lishi kerak.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Bond University oliygohiga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn ariza to’ldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar (universitetga qabul muddati yo’nalishlarga qarab har xil bo’lishi mumkin) taqdim etilishi zarur. So’ngra, grant dasturi uchun ariza shakli to’ldiriladi hamda shu yilning 24-mayiga qadar email orqali international@bond.edu.au manziliga yuboriladi. Yodda tuting grant dasturi va universitetga hujjatlar topshirish muhlati turlicha bo’lishi mumkin. Universitetga hujjatlar qabul qilish muhlatlari bilan bu yerda tanishing.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Topshirilayotgan bosqichdan oldingi bosqich attestati/diplomi.
  3. Baholardan ko’chirma/diplom ilovasi.
  4. Baholash tizimi haqida ma’lumot (masalan, 100 ballik tizimda qancha foizni tashkil etishi).
  5. Tanlangan soha bo’yicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud bo’lsa).
  6. CV/rezyume.
  7. Passport nusxasi.
  8. Til sertifikatlari (tanlangan yo’nalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi. batafsil).
  9. Ba’zi yo’nalishlar uchun qo’shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin.

Hujjatlarga qo’yilgan talablar:

  1. Hamma hujjatlar A4 formatida skaner qilinishi kerak
  2. Har bir hujjat alohida skaner qilinishi va yuborishi (upload) kerak
  3. Hujjatlarning hajmi 10 MB’dan oshmasligi zarur
  4. Hujjatlarning nomlanishi faqat harf va/yoki sonlardan tashkil topgan bo’lishi kerak. Batafsil ma’lumot

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi zarur. Ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy saytidan­­­­­­ olishingiz va savollar bilan quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin:

T: +61 7 5595 1024

E: international@bond.edu.au yoki https://bond.edu.au/enquire

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!