×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 4 162 AQSh dollar grant; joy – 2 000 ta!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1936 marta

Avstraliyaning Melbrun shahrida joylashgan University of Melbourne  oliygohda tahsil olishni istagan talabalardan 2020-21-yilgi Melbourne Mobility Awards dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning bakalavriat va magistratura (coursework) bosqichi talabalari uchun moʻljallangan. Grant ikki-toʻrt yilga beriladi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar a’lochi va kirishimli boʻlishi talab qilinadi. Grant 2 000 nafar talabaga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha turlicha kontrakt puli toʻlaydi. Barcha kurslarning kontrakt toʻlovi tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktdan 6 000 AUD (4 162 USD) gacha chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman qoplaydi. Yashash va boshqa xarajatlar, kontraktning qolgan qismini talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning bakalavriat yoki magistratura (coursework) kursiga oʻqishga qabul qilingan yoki oʻqiyotgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Shuningdek, magistratura talabalari ilmiy nashrlarda maqolalar eʼlon qilgan boʻlishi, tadqiqotlarda ishtirok etishi, kasbiy tajribaga ega boʻlishi zarur.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi Weighted Average Mark (WAM) kamida 75/ATAR 98 yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Ayni vaqtda universitetda oʻqiyotgan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Melbourne Mobility Award, New Colombo Plan Grant yoki Endeavour Student Exchange Program boʻyicha grant olgan/olayotgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydilar.
  • Lin Martin Global Scholarship grantga ariza berganlar bu grantga hujjat topshira oladilar.
  • Nomzodlar universitet tomonidan tashkil etiladigan tadbirlar, blog, ijtimoiy reklama va h.k.larda  universitet Global Mobility blogida qatnashishlari kerak.

Barcha talabar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Dedlayn – 2020-yil 31-dekabr.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan bakalavriat va shu yerdan magistratura kurslariga qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqing.
  2. Entry requirements sahifasida chet ellik tadqiqotchilar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  3. Ingliz tili toʻgʻrisida esa shu yerda toʻliq maʼlumot berilgan.
  4. Fees boʻlimida kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  5. How to apply sahifasidan ariza toʻldirish yoʻriqnomasini batafil oʻrganing.
  6. Keyin esa arizani toʻldirib, ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  7. Ariza berish uchun 100 AUD (taxminan 69 USD) badal toʻlash lozim.

Grantga ariza berish. Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Ariza shaklida soʻralgan maʼlumotlarni yozish kifoya.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilovasi. Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turlicha. Maʼlumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Ish joyidan maʼlumotnoma (agar mavjud boʻlsa).
  6. GRE yoki GMAT sertifikati soʻralishi mumkin. Bu tanlagan kursingizga bogʻliq.
  7. Shuningdek, tanlagan kursingiz talablariga koʻra ijodiy ish, portfolio soʻraladi.
  8. Magistratura uchun research proposal talab qilinishi mumkin. Mavzu kurs ixtisosligi va tadqiqot uchun tanlangan muammo boʻyicha tanlanadi.
  9. Nashr ishlari talab qilinishi mumkin.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilmlari, tadqiqotlarda qatnashganligi, ijtimoiy faolligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan 6 hafta keyin eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!