×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

05.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1697 marta

Avstraliyaning Kvinslend shahri Gold-kost shaharchasida joylashgan Bond University 2019–yil sentabr va 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun English Pathway Studies Scholarship dasturiga arizalar qabul qiladi. Grant yuqori akademik ko`rsatkichlarga ega xorijlik talabalarni ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan. Grant universitetda o`qitiladigan English for Academic Purposes (EAP) Program dasturining bakalavriat yoki magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bond University English for Academic Purposes (EAP) Program dasturida oʻqish toʻlovi bir semestrga 5 500 AUD (taxminan 3 850 USD), bir yilga esa 11 000 AUD (taxminan 7699 USD).

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga kontrakt toʻlovining 2 500 AUD (taxminan 1 750 USD) qismi qoplab beriladi.

Grant talabalarning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan yarmi hamda yashash, tibbiy sugʻurta kabi sarflarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Bond Universityda o`qitiladigan English for Academic Purposes (EAP) Program dasturining bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak. (Hali universitetga hujjat topshirmagan nomzodlar avval shu yerdagi havola orqali universitetga hujjatlarini topshirib, keyin stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin).
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Bond University Master of Psychology, Study Abroad and Exchange Programs, Bachelor of Medical Studies va Doctor of Physiotherapy dasturlariga hujjat topshirgan talabalar ushbu grantga ariza bera olmaydi.
  5. Nomzod avval Bond University’da tahsil olmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Bond Universityga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn tarzda ariza toʻldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar (universitetga qabul muddati yoʻnalishlarga qarab har xil boʻlishi mumkin) taqdim etilishi zarur. Keyin grant dasturi uchun alohida ariza shakli toʻldiriladi. Grantga dedlayn muddatlari farq qiladi:

  • 2019-yil sentabrdagi kurslar uchun – shu yilning 5-iyuli;
  • 2020-yil avgustdagi kurslar uchun – shu yilning 18-oktabri;
  • 2020-yil maydagi kurslar uchun – 2020-yilning 24-yanvari.

Grant dasturi va universitetga hujjatlar topshirish muhlati turlicha boʻlishi mumkin. Universitetga hujjatlar qabul qilish muhlatlari bilan shu yerda tanishing.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Qaysi bosqichga hujjat topshirilayotganiga qarab attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi.
  3. Diplom ilovasi. Agar hali oʻqishni tugatmagan boʻlsangiz, baholardan koʻchirma topshirasiz.
  4. Baholash tizimi haqida ma’lumot (masalan, 100 ballik tizimda qancha foizni tashkil etishi).
  5. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  6. CV/rezyume.
  7. Pasport nusxasi.
  8. Til sertifikatlari (tanlangan yoʻnalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi).
  9. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grant dasturi uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar international@bond.edu.au manziliga joʻnatiladi.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

  1. Hamma hujjatlar A4 formatida skaner qilinishi kerak.
  2. Har bir hujjat alohida skaner qilinishi va yuborishi (upload) lozim.
  3. Hujjatlarning hajmi 10 mbdan oshmasligi zarur.
  4. Hujjatlarning nomlanishi faqat harf va/yoki sonlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Batafsil ma’lumot.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerdan bilib oling.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: information@bond.edu.au; international@bond.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!