×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun 50 foizli grant


Grant

MUHLAT

11.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1346 marta

Avstraliyada joylashgan Adelaide University 2019–yilda boshlanadigan kurslar uchun The 2019 University of Adelaide Global Academic Excellence Scholarship (International) dasturini e’lon qiladi. Grant universitetning bakalavriat yoki magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Adelaide Universityda oʻqish toʻlovi bosqichlar va kurslarga qarab farq qiladi. Umumiy tarzda kontrakt hajmi haqida: shu yerda tanishishingiz mumkin. Aniq ma’lumotni esa sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan bilib oling.

Dastur doirasida grant yutib olgan talabaga kontrakt toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi.

Grant talabalarning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan yarmi hamda yashash, tibbiy sugʻurta kabi sarflarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zelandiya fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod Adelaide Universityning bakalavr yoki magistratura hamda  Pre-Enrolment English Program (PEP) kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. PhD yoki MRes dasturlariga oʻqishga kirgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  5. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Baholar bakalavr uchun Raw ATAR 98 yoki ekvivalent, magistratura uchun 7,0 dan kamida 6,8 ball talab qilinadi.
  6. Nomzod Adelaida Universitetida olmoqchi boʻlgan darajaga teng boshqa darajaga ega boʻlishi mumkin emas.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak; ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.
  8. Sirtqi ta’lim olmoqchi talabalar grantga hujjat topshirmaganlari ma’qul, ularning arizalari grant uchun koʻrib chiqilmaydi.
  9. Nomzod Adelaida Universitetiga “xalqaro talaba” sifatida hujjat topshirgan boʻlishi va oʻqish davomida shu statusni saqlab turishi shart.
  10. Agar nomzod Adelaida Universitetida olmoqchi boʻlgan daraja boʻyicha oʻqishni biror yerda boshlab boʻlgan boʻlsa, uning arizasi koʻrib chiqilmaydi. Agar u oʻtgan qabul mavsumi payti hujjat topshirishga ulgurmay qolgan boʻlsa, buni koʻrsatishi kerak.
  11. Agar nomzod biror qabul mavsumida barcha talablarga mos boʻlib, grant yutolmagan boʻlsa, uning arizasi keyingi mavsum uchun avtomatik tarzda koʻrib chiqiladi (arizani qayta topshirish shart boʻlmaydi). Agar nomzod ikki marta ham grant yutolmasa kelasi mavsumlarda uning arizasi grant uchun umuman koʻrib chiqilmaydi;
  12. Nomzod Avstraliya hukumati, Adelaida Universiteti yoki rasman Avtraliyaga tegishli boʻlgan boshqa manbadan moddiy ta’minot olayotgan boʻlishi mumkin emas. Agar shunday boʻlsa, talaba grant yutib olgan taqdirda ham universitet uni bekor qilishi mumkin.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Adelaide Universityga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn tarzda ariza toʻldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar taqdim etilishi zarur. Grantga alohida ariza berish shart emas. Dedlayn muddatlari tanlangan bosqich va kursga qarab farq qiladi, batafsil ma’lumot bilan: shu yerda tanishing. Grantga ayni vaqtda 3-trimestr uchun hujjat topshirilmoqda, dedlayn 11-avgust.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Qaysi bosqichga hujjat topshirilayotganiga qarab attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi.
  3. Diplom ilovasi. Agar hali oʻqishni tugatmagan boʻlsangiz, baholardan koʻchirma topshirasiz. Baholar bakalavr uchun Raw ATAR 98 yoki ekvivalent, magistratura uchun 7,0 dan kamida 6,8 ball talab qilinadi.
  4. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  5. CV/rezyume.
  6. Pasport nusxasi.
  7. Til sertifikatlari (tanlangan yoʻnalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi).
  8. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirishdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing. Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: +61 8 8313 7335

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!