×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun qisman grantlar; joy – 85 ta!


Grant

MUHLAT

25.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1510 marta

Avstraliyaning Sidney universiteti – The University of Sydney Business School International Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi The University of Sydney Business Schoolning barcha balakavriat va magistratura bosqichlari (MBA va research degreesdan tashqari)da oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar 85 nafar talabaga bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichlarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba The University of Sydney Business School kurslarida oʻqish uchun  bir oʻquv yiliga taxminan 40 000-46 000 AUD ( taxminan 27 544- 31 675 AQSh dollar) kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt puli qisman toʻlash uchun 5 000, 10 000, 20 000 AUD (taxminan 3 44, 6 88, 13 772 AQSh dollar) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan boshqa  barcha davlatlardan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
  • MBA yoki research degreesga hujjat topshirgan nomzodlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (baholari 100 foizdan kamida 75%) boʻlishi kerak.
  • Universitet The University of Sydney Business School bakalavriat, magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.

Grant boʻyicha talablar haqida toʻliq: shu yerda va shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun The University of Sydney Business Schoolning barcha bosqichlar va kurslar (MBA va research degreesdan tashqari)idan biriga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshiriladi. Tanlangan kurs va bosqichga qarab dedlaym muddatlari farq qiladi. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Ayni vaqtda dedlayn shartli ravishga 2020-yil 25-yanvar deb olindi.

Hujjat topshirish uchun quyidagilr amalga oshiriladi:

  • Universitet kurslar sahifasidan kerakli kursni tanlang.
  • Kurs sahifasidagi kirish talablari(bakalavr) yoki magistratura uchun talablar va ingliz tili talablari bilan tanishamiz. Postgraduate (magistratura/doktorantura) uchun kirish talablari ham tanlangan kurs sahifasida joylashgan.
  • “Apply” yozuvini bosib tizimga kirib, arizani toʻldiramiz, soʻralgan hujjatlarni ilova qilamiz va joʻnatamiz.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplov ilova nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0 boʻlishi kerak.
  • Magistratura/doktiranturaga nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Esse yoki motivatsion xat yozish talab qilinishi mumkin.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvol haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.
  • Magistratura/doktiranturaga nomzoddan tavsiyanoma topshirish talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi (agar boʻlsa), tadbirlar va tadqiqiotlarda qatnashganligi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: shu yerda koʻrsatilgan manzillarga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!