×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura uchun stipendiya dasturi; joy – 47 ta!


Grant

MUHLAT

04.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3258 marta

Avstraliyada joylashgan Murdoch University oliygohi The Murdoch University Academic Excellence Awards (MUAE’s)  dasturi orqali 2019-yilgi bakalavr hamda magistratura bosqichlarida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant dasturi shu Universitetda o’qitiladigan bakalavr hamda magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MUAE’s grantini qo’lga kiritgan nomzodlar to’lov kontrakti uchun 5000 Avstraliya dollari miqdorida moliyaviy ko’mak sohibiga aylanadilar. Grant muvaffaqiyatli yakunlangan har semester oxirida, ikkiga bo’lib taqdim etiladi.

Grant soni cheklangan bo’lib bakalavr bosqichidan 35 ta hamda magistratura bosqichidan 12 ta eng munosib talabalarga taqdim etiladi.

Murdoch University’dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod hujjat topshirayotgan kursdan oldingi ta’lim bosqichini a’lo baholarga yakunlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod grant dasturiga ariza berishi uchun Murdoch University ga qabul qilingan bo’lishi lozim. Universitetning bakalavr hamda magistratura bosqichi qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
  • Nomzod Ingliz tili bilim darajasni ko’rsatovchi IELTS 6 ball (har bir bo’limi 6 balldan kam bo’lmasligi lozim), TOEFL IBT 80 ball ( har bir bo’limidan kamida 20 ball), TOEFL Paper based 550 (insho bo’limidan kamida 5 ball) sertifikatlaridan birini taqdim etishlari so’rladi.
  • Nomzodning oldingiz bosqichdagi o’qishidagi baholarining o’rtachasi 75% va undan yuqori bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

MUAE’s  grant dasturiga hujjat topshirish uchun Universitet sayti orqali ARIZA to’ldirib, 2019-yil 4-martdan kechiktirmasdan Scholarships Office bo’limiga electron pochta orqali jo’natishingiz lozim. Nomzodlar taqdim etgan hujjatlar o’rganilib chiqilib, eng munosib talabalarga electron pochta orqali xabar beriladi.

Dasturga faqatgina Murdoch University ga qabul qilingan talabalargina nomzod bo’lishi mumkin, shuning uchun dastlab universitet qabul talablariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Qo’shimcha ma’lumot uchun study@murdoch.edu.au  elektron manzili yoki 13006873624 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!