×

Avstraliya: Bakalavriat bosqichlari uchun 50 foizli grant; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

15.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1793 marta

Avstraliyaning Melbrun shahrida joylashgan University of Melbourne  oliygohida tahsil olishni istagan talabalardan Commerce Undergraduate International Merit Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning Bachelor of Commerce bakalavriat kursi talabalari uchun moʻljallangan. Grant  300 kreditli kurs, ya’ni, uch-toʻrt yilga beriladi. Grant dasturida ishtirok etishni istagan nomzodlar a’lochi va kirishimli boʻlishi talab qilinadi. Grant 10 nafar talabaga beriladi

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichlari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba universitetda oʻqish uchun har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha turlicha kontrakt puli toʻlaydi. Barcha kurslarning kontrakt toʻlovi: shu yerda berilgan.

Grant yutib olgan nomzodlarga kontraktdan 50 foiz chegirma qilinadi.

Grant kontraktni qisman qoplaydi. Yashash va boshqa xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik va mahalliy fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning Bachelor of Commerce bakalavriat kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim.

Barcha talabar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun bakalavriat yoki magistratura (coursework) kurslaridan biriga ariza topshirish kerak. Dedlayn – dekabr oyi oʻrtalarida, deb koʻrsatilganligi uchun, muddat shartli ravishda 15-dekabr, deb olindi. Grantga alohida  ariza berish talab qilinmaydi, oʻqishga topshirilgan ariza kifoya.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan bakalavriat kurslariga qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqing.
  2. Kurslar roʻyxatidan Bachelor of Commerce kursini toping.
  3. Entry requirements sahifasida chet ellik tadqiqotchilar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  4. Ingliz tili toʻgʻrisida esa shu yerda toʻliq maʼlumot berilgan.
  5. Fees boʻlimida kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  6. How to apply sahifasidan ariza toʻldirish yoʻriqnomasini batafil oʻrganing.
  7. Keyin esa arizani toʻldirib, ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  8. Ariza berish uchun 100 AUD (68 USD) badal toʻlash lozim.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.5, barcha boʻlimlardan kamida 6,0). Til bilish darajasi tanlangan kursga koʻra farq qiladi. Shuning uchun kurs sahifasidan ingliz tiliga qoʻyiladigan talablarni aniqlab olamiz.
  4. Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilovasi. Kirish talablari sahifasida diplom va diplom ilovasiga qoʻyiladigan talab turlicha. Maʼlumotlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. GRE yoki GMAT sertifikati soʻralishi mumkin. Bu tanlagan kursingizga bogʻliq.
  6. Shuningdek, tanlagan kursingiz talablariga koʻra ijodiy ish, portfolio soʻraladi.

Hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Yoʻnalishga qarab qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilmlari, ijtimoiy faolligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!