×

Avstraliya: Bakalavriatda o’qish uchun 50%lik grant!


Grant

MUHLAT

30.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

3149 marta

G’arbiy Sidney Universiteti (Western Sydney University)ning 2019-yilda boshlanadigan bakalavr kurslari uchun beriladigan Vice Chancellor’s Academic Excellence Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu grantlar xalqaro talabalar uchun ajratilgan bo’lib, dasturdan maqsad Avstraliyada o’qishni xohlayotgan iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. G’arbiy Sidney universitetida quyidagi bakalavr kurslari mavjud:

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant taqdim etilgan talabaga 3 yil davomida har yili kontrakt to’lovining yarmi to’lab beriladi. Bu grant kontraktga chegirma sifatida beriladi, lekin talaba kontraktning qolgan yarmini to’lay olishi va Avstraliyada yashash vaqtida ketadigan boshqa xarajatlarga ham mablag’i borligini ko’rsatishi kerak. Universitetdagi bakalavr kurslari kontrakt to’lovi summalarini bu yerdan ko’rishingiz mumkin.

Talablar:

Grant uchun ariza berayotgan nomzodlar quyidagi talablarga mos bo’lishlari kerak:

  1. Nomzod G’arbiy Sidney universitetidagi 2019-yilgi bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirishi, qabul qilinishi va Universitetda o’qish uchun qabul komissiyasidan kelgan taklifni qabul qilishi/qilgan bo’lishi zarur.
  2. Nomzodda Higher Education Sector vizasi (Subclass 500) bo’lishi kerak (o’qishga qabul qilingandan keyin olinadi).
  3. Nomzod bakalavr kursiga qabulning barcha talablariga to’liq mos bo’lishi va u ATAR dan 90 ball olishi kerak. ATAR maxsus imtihon emas shunchaki umumiy ballni hisoblaydigan usul. ATAR 90 degani talaba kollej/litseyda o’qigan paytida taxminan eng kuchli 10% talabalar safida ekanini bildiradi.
  4. Unga 80 dan oshiq kredit ballari berilmasligi kerak.
  5. Sydney City Campus (Sidney Shahridagi bino)dagi kursga qabul qilingan talabalar uchun grant ajratilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Vice Chalcellor’s Excellence Scholarships dasturiga hujjat topshirish uchun alohida ariza berish shart emas. Bakalavr kurslariga hujjat topshirayotganda arizada grant yutib olishni xohlashingizni ko’rsatib o’tish yetarli. Saralash jarayoni qabul komissiyasi tomonidan o’tkaziladi va birinchi saralashdan o’tgan nomzodlardan motivatsion xat yozish so’raladi. Agar nomzod grantga loyiq topilsa, unga grant berish taklifi jo’natiladi va nomzod bu taklifni qabul qilish niyati bo’lsa, buni iloji boricha tezroq qilishi kerak bo’ladi. Bakalavr kurslariga ariza topshirishning oxirgi muddati 2018-yil 30-oktabr, lekin hujjatlarni ertaroq topshirish tavsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun rasmiy internationalscholarships@westernsydney.edu.au elektron manzilga murojaat qilishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!