×

Avstraliya: Bakalavriatga tayyorlov kursida oʻqishni istaganlar uchun 50 foizli grant


Grant

MUHLAT

03.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1307 marta

Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Sidney texnologiya universiteti – University of Technology Sydney 2020-yilda boshlanadigan kurslar uchun UTS Insearch to UTS Pathways Scholarship Valuedasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitetning UTS Insearch Pathway Program (bakalavriatga tayyorlov) kursiga oʻqishga kirgan va undan keyin bakalavriat bosqichida tahsilni UTSda davom ettiruvchi talabalar uchun moʻljallangan. Grant oʻqish muddati tugaguncha beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriatga tayyorlov kursida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba har bir oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha har bir kreditga kontrakt puli toʻlaydi. Umumiy toʻlov tanlangan fanlardan yigʻish kerak boʻlgan kreditlar soniga qarab aniqlanadi. Kontrakt hajmi haqida toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan yoki: shu yerdan aniqlang.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodning kontrakt pulidan 50 % chegirma qilib beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Istalgan davlat (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) vakili ariza topshira oladi.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan/oʻqishga kirgan UTS Insearch Pathway Program kursning talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod UTS Insearch Pathway Program kursini tugatgandan keyin universitet bakalavriat kursining kunduzgi boʻlimida oʻqishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari kamida IELTS 6,0 ball boʻlishi lozim.
  • Grantga alohida ariza berish lozim.

Barcha talablar hamda cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tekshiring.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun universitet UTS Insearch Pathway Program kursida oʻqishga ariza topshirish lozim. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi. Dedlayn – 2020-yil 3-fevral. Hozir bu grantga qabul yopiq. Grantga ariza: shu yerda topshiriladi.

Bakalavriat kurslariga ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab, kurslar roʻyxatidan kerakli kursini topish lozim.
  2. Mos keladigan kurs sahifasiga kiriling va ariza toʻldiring.
  3. Shu yerda kirish uchun kerakli talablar va qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Ularni batafsil oʻqib chiqing. Hujjatlari shu talablarga mos boʻlsa, ariza berish mumkin. Shuningdek, boʻlimda ingliz tili talablari ham koʻrsatilgan.
  4. Grantga esa arizani: shu yerda toʻldiring. Grant dasturi haqida batafsil ma’lumot va shartlar: shu yerda.

Hujjatlar tarkibi (umumiy):

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlangan kursga qarab til bilish talablari kamida IELTS 6,0 ball boʻlishi lozim.
  4. Attesta/kollej/litsey diplom va diplom ilovasi.
  5. Agar biror sabab bilan avval oʻqishdan chetlashtirilgan boʻlsa, nomzod buning sabablari haqida ma’lumot berishi kerak.
  6. Pasport nusxasi.

Hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar aʼlo baholari, intiluvchanligi, salohiyati kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: scholarships@uts.edu.au manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!