×

Avstraliya: barcha bosqichlar uchun 50% va 100% lik grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2566 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University oliygohi o’zining 2019-2020 o’quv yilida o’qishga qabul qilingan/qilinadigan xorijlik talabalariga Deakin Vice-Chancellor’s International Scholarship dasturini taklif etadi. Oliygoh talabalarning ilmiy salohiyati, erishgan akademik yutuqlari va liderlik qobiliyatiga qarab stipendiyalar ajratadi. Dasturdan maqsad iqtidorli chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Barcha bosqichlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Dastur g’oliblariga kontrakt to’lovining 50 foizidan 100 foizigacha bo’lgan chegirmalar taqdim etiladi.
  2. Deakin’s Signature Student Leadership Program va Vice Chancellor’s Professional Excellence Program dasturlarida qatnashish imkoniyati beriladi.
  3. Universitet hududidagi turar joylarni taqsimlashda ustunlik beriladi (turar joy xarajatlarini talabaning o’zi qoplashi zarur).

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Talablar:

  1. Nomzod Avstraliya yoki Yangi Zellandiya fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Deakin University kurslaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod Deakin University oliygohi taklif etadigan boshqa stipendiya yoki mukofotlarni olmagan bo’lishi kerak.
  4. Nomzodning baholari o’rtacha 85 foizdan kam bo’lmasligi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  6. Nomzod iqtidorli, yuqori potensialli va liderlik qobiliyatiga ega shaxs bo’lishi kerak.
  7. Grant dasturiga hujjat topshiruvchilrning soni juda ko’pligi sababli dastur g’olibiga aylanish uchun yuqorida ko’rsatilgan minimumlardan baland natijalar talab etilishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturda qatnashish uchun ariza shakli to’ldirilib, barcha talab qilingan hujjatlar bilan birga deakin-int-admissions@deakin.edu.au manziliga email orqali yuboriladi. Oliygohga hujjat topshirgan barcha nomzodlar bu dasturda qatnasha olishi sababli ariza topshirish jarayoni yil bo’yi davom etadi. Ammo nomzodlarga dasturga imkon qadar ertaroq ariza berish tavsiya etiladi. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlardan suhbatda qatnashish so’ralishi mumkin.

Hujjatlar topshirilganidan so’ng nomzodga arizani qabul qilinganlik haqidagi email keladi. Natijalar ariza qabul qilinganidan 6 hafta o’tgach e’lon qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza.
  2. Til sertifikati. IELTS 6.5 har bir bo’limdan kamida 6.0 ball.
  3. 2 ta avsiyanoma.
  4. Nomzodning Deakin University kurslaridan biri uchun to’ldirgan arizasi.
  5. Diplom, diplom ilovalari.
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statement 300 so’zdan iborat). Unda quyidagi savollarga javob berilishi kerak:
  • Nomzodning nima uchu bu oliygohda o’qish istagidaligi;
  • Nomzodning o’qishdan tashqari jamoatchilik ishlaridagi ishtiroki, mehnat yoki ko’ngillilar uchun dasturda orttirgan tajribasi;
  • Nomzodning nima uchun o’zini bu stipendiyani olish uchun loyiq deb hisoblashi;
  • Arizani qo’llab-quvvatlovchi (supporting) boshqa hujjatlar (agar mavjud bo’lsa)

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi, ingliz tilida bo’lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant haqidagi to’liq ma’lumot bilan grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +61 3 9627 4877

Email: deakin-international@deakin.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!