×

Avstraliya: Biznes boʻyicha magistratura kurslari uchun 2 900 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

05.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

2310 marta

Avstraliyaning Kvinslend shahri Gold-kost shaharchasida joylashgan Bond University 2019–yil sentabrda boshlanadigan kurslar uchun Bond Business School Postgraduate Bursaries dasturiga arizalar qabul qiladi. Grant universitetda oʻqitiladigan quyidagi magistratura kurslariga oʻqishga qabul qilingan talabalarga beriladi:

  • Master of Accounting
  • Master of Accounting (Professional)
  • Master of Actuarial Practice
  • Master of Actuarial Science
  • Master of Actuarial Science (Professional)
  • Master of Business
  • Master of Business (Professional)
  • Master of Business Administration
  • Master of Business Administration (Professional)
  • Master of Business Data Analytics
  • Master of Business Data Analytics (Professional)
  • Master of Finance
  • Master of Finance (Professional)
  • Master of Financial Management
  • Master of Financial Management (Professional)
  • Master of Sport Management
  • Master of Sport Management (Professional)
  • Master of Sport Management/Master of Project Management

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bond University magistratura dasturlarida oʻqish toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Masalan, •  Master of Accounting kursida oʻqish bir semestrga 13 018 AUD (taxminan 9 001 USD), bir yilga esa 26 036 AUD (taxminan 18 002 USD).

Grant yutib olgan talabaga kontraktni qisman qoplash yoki yashash xarajatlari uchun 4 200 AUD (taxminan 2 904 USD) beriladi.

Grant talabalarning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan yarmi hamda yashash, tibbiy sugʻurta kabi sarflarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod Bond Universityning yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan biznes magistratura kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak. (Hali universitetga hujjat topshirmagan nomzodlar avval shu yerdagi havola orqali universitetga hujjatlarini topshirib, keyin stipendiya dasturiga ariza berishlari mumkin).
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Grantga baholar GPA 4,0 dan kamida 3,5 boʻlishi zarur.
  4. Yuqorida qayd etilgan kurslardan boshqa yoʻnalishlarda oʻqiydigan talabalar bu grantga ariza bera olmaydi.
  5. Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  7. Nomzod avval Bond Universityda tahsil olmagan boʻlishi kerak.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo Bond Universityga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shu sabbli avvalo universitetga onlayn tarzda ariza toʻldirilib, belgilangan muddat tugaguniga qadar (universitetga qabul muddati yoʻnalishlarga qarab har xil boʻlishi mumkin) taqdim etilishi zarur. Keyin grant dasturi uchun alohida ariza shakli toʻldiriladi. Grantga dedlayn muddati 2019-yil sentabrdagi kurslar uchun – shu yilning 5-iyuli.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Diplom ilovasi. Agar hali oʻqishni tugatmagan boʻlsangiz, baholardan koʻchirma topshirasiz.
  4. Baholash tizimi haqida ma’lumot (masalan, 100 ballik tizimda qancha foizni tashkil etishi).
  5. Tanlangan soha boʻyicha orttirilgan tajriba haqidagi hujjat (agar mavjud boʻlsa).
  6. CV/rezyume.
  7. Pasport nusxasi.
  8. Til sertifikatlari (tanlangan yoʻnalishga qarab IELTS 5.5 dan 7.0 ballgacha talab etiladi).
  9. Ba’zi yoʻnalishlar uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Grant dasturi uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar joʻnatiladi.

Hujjatlarga qoʻyilgan talablar:

  1. Hamma hujjatlar A4 formatida skaner qilinishi kerak.
  2. Har bir hujjat alohida skaner qilinishi va yuborishi (upload) lozim.
  3. Hujjatlarning hajmi 10 mbdan oshmasligi zarur.
  4. Hujjatlarning nomlanishi faqat harf va/yoki sonlardan tashkil topgan boʻlishi kerak. Batafsil ma’lumot.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Grant haqidagi toʻliq ma’lumotni: shu yerdan olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun: information@bond.edu.au; international@bond.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!