×

Avstraliya: Biznes boʻyicha bakalavriat bosqichlarida oʻqishni istaganlarga qisman grant


Grant

MUHLAT

15.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1393 marta

Avstraliyada joylashgan University of Sydney tarkibidagi Business School 2020-yilgi International Business Scholarship in Honours dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Biznes maktabining 2020-yilda boshlanadigan International Business Honours Program bakalavriat kursida oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga kontrakt pulidan 6 000 AUD (taxminan 4 047 USD)gacha chegirma qilinadi.

Grant nomzodning yashash va boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontraktning qolgan qismi, tibbiy sugʻurta hamda shaxsiy sarflarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar (Avstraliya va Yangi Zelandiyadan tashqari) fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Biznes maktabining 2020-yilda boshlanadigan International Business Honours Program bakalavriat kursiga oʻqishga kirishi lozim.
  • Nomzod Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diplomiga yoki shunga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Kamida IELTS 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) yoki ekvivalent boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. Grantga talabgor 75 WAM, ya’ni 100dan kamida 75 foiz ijobiy bahoga ega boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.

Barcha talab va cheklovlar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitet International Business Honours Program bakalavriat kursida oʻqish uchun beriladi. Buning uchun avval shu kursga oʻqishga kirish kerak. Grantga alohida ariza topshirish talab qilinadi. Dedlayn muddati –noyabr.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Shu yerda chet elliklar uchun umumiy ma’lumotlar bilan tanishing.
  • Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  • How to apply sahifasidan qanday qilib hujjat topshirish va kirish talablari haqida batafsil oʻqib chiqing.
  • Tanlagan kursingizga ariza topshiring.
  • Jarayonda biror savol tugʻilsa shu yerga murojaat qiling.
  • Grantga esa: shu yer orqali ariza topshirasiz.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Avstraliyaning 12 yillik ta’limiga mos keladigan attestat/kollej/litsey diplomi, yoki ekvivalent va diplom ilovasi nusxasi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 82 ball sertifikati topshiriladi.
  • Agar boshqa sertifikatlar bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Tibbiy ma’lumotnoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida topshiriladi. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlarni shu tilga tarjima qilish lozim.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!