Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yilda bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun International Student Excellence Scholarship – Undergraduate with Advanced Standing dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant to‘rt yilga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr bosqichida oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.
Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 25 foiz chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
- Nomzod universitet bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
- Nomzod to‘liq o‘rta/o‘rta maxsus darajasiga ega bo‘lishi kerak.
- Nomzod yaxshi baholarga o‘qigan bo‘lish kerak. GPA 4,0 ballik tizimda kamida 3,0 ball, 7 bellik tizimda 5,5 ball (75%) bo‘lishi talab qilinadi.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval bakalavriat dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar bir yilda to‘rt marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda 2020-yil 1-semestrga hujjat topshirilmoqda. Arizalar 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Dedlayn haqida batafsil: shu yerda tanishing. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi.
Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
- Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
- Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
- Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Attestat/kollej/litsey diplomi va diplom ilova nusxasi.
- Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
- Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
- Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
- Ish tajribasi haqida maʼlumot.
- Research proposal.
- Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.
Grantga ariza berish. Grantga arizani toʻldiring va akademik yutuqlarni tasdiqlovchi hujjat hamda baholar sertifikatlari bilan birga dedlayngacha joʻnating.
Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar 13-dekabrgacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.