×

Avstraliya: Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlar uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

29.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1252 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yilda bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi talabalar uchun International Student Articulation Partner Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant bir-to‘rt yilga moʻljallangan. Grant quyidagi yo`nalishlar talabalariga beriladi:

Arts, Education and Law

  • Shandong University of Arts articulating into the Bachelor of Design (1189)
  • Shandong University of Art and Design articulating into the Master of Arts in Visual Arts (5663) or the Master of Design (5720).

Griffith Business School

  • Sri Lanka Institute of Information Technology articulating into any undergraduate business program
  • Green University articulating into the Bachelor of International Tourism and Hotel Management (1408 or 1409)
  • Australian College of Business and Technology articulating into the Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Hasanuddin University articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347) or Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Universitas Klabat articulating into the Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Trisakti University articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347) or Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337)
  • Banking University of Ho Chi Minh City articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347), Bachelor of Commerce (1035, 1286 or 1337) or Bachelor of International Business (1105 or 1107)
  • University of Economics Ho Chi Minh City articulating into the Bachelor of Business (1034, 1288 or 1347).
  • National Economics University (NEU) articulating into the Bachelor of Business (1034), Bachelor of Commerce (1035) or Bachelor of International Business (1105).

Health

  • Central China Normal University articulating into the Bachelor of Human Services (1098 or 1394) or Bachelor of Social Work (1282 or 1372)
  • Wuhan Sports University articulating into the Bachelor of Exercise Science (1171)
  • Singapore Polytechnics (Ngee Ann Polytechnic, Singapore Polytechnic, Nanyang Polytechnic, Republic Polytechnic and Temasek Polytechnic) articulating into any Griffith Health program.

Sciences

  • Ho Chi Minh City University of Technology articulating into Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546), Bachelor of Environmental Science (1543 or 1547) or Bachelor of Information Technology (1538 or 1539)
  • Nanjing University of Chinese Medicine articulating into the Bachelor of Biomolecular Science (Honours) (1540)
  • Zheng Zhou University of Light Industry articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) in Electrical and Electronic Engineering (1542 or 1546), or Bachelor of Information Technology (1538 or 1539)
  • China University of Mining and Technology articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546)
  • Shandong Jianzhu University articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546)
  • Nanchang Hangkong University articulating into the Bachelor of Engineering (Honours) (1542 or 1546).

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 25 foiz chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
  • Nomzod universitet bakalavr yoki magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod to‘liq o‘rta/o‘rta maxsus yoki bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak.
  • Nomzod yaxshi baholarga o‘qigan bo‘lish kerak. GPA 4,0 ballik tizimda kamida 3,0 ball, 7 bellik tizimda 5,5 ball (75%) bo‘lishi talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval bakalavriat yoki magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar bir yilda to‘rt marta qabul qilinadi. Ayni vaqtda 2020-yil 1-semestrga hujjat topshirilmoqda. Arizalar 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Dedlayn haqida batafsil: shu yerda tanishing. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi.

Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
  3. Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
  4. Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
  • Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
  • Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida maʼlumot.
  • Research proposal.
  • Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.

Grantga ariza berish. Grantga arizani toʻldiring va akademik yutuqlarni tasdiqlovchi hujjat hamda baholar sertifikatlari bilan birga dedlayngacha joʻnating.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 13-dekabrgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!