×

Avstraliya Curtin University: MBA bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

954 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University MBA International Student Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitet tarkibidagi Curtin Graduate School of Businessda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant bir yarim yilgacha ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Curtin University MBA kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi.

Grant yutib olgan nomzodga 1,5 yil muddatga kontrakt toʻlovidan 15 000 AUD yoki 10 000 AUD (taxminan 10 1946 796 USD) chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod Curtin Graduate School of Businessda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod kunduzgi boʻlimda har trimestri 75 kreditli kursda oʻqishi lozim.
  • Nomzod MBA kurslarining maxsus talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi Curtin Graduate School of Businessda oʻqitiladigan Master of Business Administration (MBA) kurslarida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Hujjatlar 12-avgustdan boshlab qabul qilinadi. Dedlayn muddati taxminan 30-sentabrgacha deb olindi.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumot talab qilinishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships@curtin.edu.au elektron manzili yoki shu yerga murojaat qiling

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!