Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University Geotechnical and Pavement Engineering Group PhD Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur Early damage reduction in pavements including the use of bio-assisted methods mavzusi boʻyicha PhD tadqiqotini olib borishga qiziqqan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 2 nafar nomzodga beriladi. Grant uch yarim yilga ajratiladi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Curtin University Civil Engineering PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi. Agar 4 ta shunday fanni tanlasangiz, taxminan 39 000 AUD (27 376 USD) kontrakt toʻlaysiz.
Grant yutib olgan nomzodga 27 596 AUD (taxminan 19 371 USD) beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod Civil Engineering boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi (H1 or First Class Honours) boʻlishi kerak.
- Universitet PhD – Civil Engineering kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Civil Engineering PhD kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- 1-sentabrgacha.
Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi quyidagicha:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- How to apply sahifasida qanday hujjat topshirishni batafsil oʻqib chiqing.
- Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
- Shu yerdan ilmiy rahbar tanlang.
- Shu yerda ariza toʻldiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilang va joʻnating.
- Grantga hujjat topshirish. CV, diplom va diplom ilovasi, ingliz tili sertifikatni Associate Professor Mohamed Shahinga m.shahin@curtin.edu.au pochtasi orqali joʻnatish kerak.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Bakalavr/magistr diplomi va diplov ilova nusxasi.
- Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi (H1 yoki first class).
- Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
- Research proposal.
- Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- CV/resume.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Associate Professor Mohamed Shahin
School of Civil and Mechanical Engineering
Curtin University, Perth WA, Australia
Email: m.shahin@curtin.edu.au