×

Avstraliya Curtin University: PhD bosqichi uchun toʻliq va qisman grant


Grant

MUHLAT

01.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

899 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University 2020 Australian Government Research Training Program (RTP) Scholarships dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitetdagi Higher Degrees by Research (HDR)/PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant toʻrt yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlardan biri yoki bir nechtasi beriladi:

  1. 4 yil muddatga kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. 4 yilga yashash xarajatlari uchun har yili 27 596 AUD (taxminan 19 371 USD) ajratiladi.
  3. 4 yilga tibbiy sugʻurta, maqolalar chop ettirish uchun mablagʻ va/yoki transport xarajatlari qoplab berilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod Universitet HDR (PhD) kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Grant universitet tarkibidagi Graduate Research Schoolda HDR (PhD) kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- 1-sentabrgacha.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: ROC.GRS@curtin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!