×

Avstraliya Curtin University: PhD bosqichi uchun 19 371 AQSh dollar grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1863 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University 2020 yil uchun Curtin University Oil and Gas Innovation Centre (CUOGIC) Scholarship in Deep learning for inversion and uncertainty quantification dasturiuchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitetdagi geologiya fanlari (deep learning for geosciences) PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant 3 yilga ajratiladi. Grantga nomzod quyidagi sohalardan birida oʻqishi lozim:

  • Faculty of Business and Law
  • Faculty of Science & Engineering
  • Science courses
  • Engineering courses
  • Western Australian School of Mines (WASM)

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yilgacha yashash xarajatlari uchun har yili 27 596 AUD (taxminan 19 371 USD) ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  • Nomzod geologiya va tabiiy gaz sohasidagi tadqiqotlarda qatnashgan boʻlishi maqsadga muvofiq.
  • Nomzod tahliliy fikrlash va kompyuterda ishlash koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod yuqorida koʻrsatilgan fakultetlardan birining PhD kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Nomzod tadqiqotchlikka qabul talablariga mos boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitet tarkibidagi yuqorida koʻrsatilgan fakultetlardan birining PhD kursida oʻqish uchun beriladi. Hujjatlarni yil boʻyi topshirish mumkin.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  • Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  • How to apply sahifasida qanday hujjat topshirishni batafsil oʻqib chiqing.
  • Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  • Shu yerdan ilmiy rahbar tanlang.
  • Shu yerda kerakli kurs uchun ariza toʻldiring.
  • Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qiling va joʻnating.
  • Grantga hujjat topshirish. Grant uchun CV, baholar varagʻi, ariza va PhDga Interest form hamda 2 ta taqrizchining kontakt ma’lumotlarini Dr. Vladimir Puzyrevga vladimir.puzyrev@curtin.edu.au manzili orqali joʻnatish lozim.
  • Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi.
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume.
  • Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: Dr. Vladimir Puzyrev: vladimir.puzyrev@curtin.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!