×

Avstraliya Deakin University HDR Scholarship: PhD uchun yillik 21122 AQSh dollari stipendiya va yo‘l xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1803 marta

Avstraliyada joylashgan Deakin University 2021-2022 o‘quv yili uchun HDR Scholarship – Investigation of alkanethiolate self-assembled monolayers on palladium through correlative electrochemical and atom probe tomography analysis grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant Institute for Frontier Materialsning PhD kurslariga o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilariga beriladi. Grant Dr Ross Marceau rahbarligida olib boriladi. Grant kamida 3 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Dastur g‘oliblariga 3 yil davomida yiliga 28600 AUD (taxminan 21122 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa shtat yoki davlatdan ko‘chib keladigan talabalar uchun 500-1500 AUD (taxminan 369-1107 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida bu yerda batafsil bilib oling.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University Institute for Frontier Materialsga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (first class) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Materials engineering, materials science, chemistry, yoki physics sohalari bo‘yicha BEng(Hons), BSc(Hons) yoki MSc (preferred) darajasi diplomi egalariga ko‘proq imkon beriladi.
  6. Xalqaro retsenziyalangan jurnallarda ilmiy ishlar chop ettirgan nomzodlarda ushbu grantni qo‘lga kiritish imkoni yuqori.
  7. Nomzod oldin tadqiqotlar olib brogan bo‘lishi, qisqa muddatlarda samarali ishlash va guruhda ishlash, yozma va og‘zaki nutqda kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur. Bu grant uchun IELTS kamida 6,5 (har bir bo‘limdan kamida 6,0) ball talab qilinadi.
  9. Electrochemistry, spectroscopy va microscopy (atom probe tomography va/yoki electron microscopy bo‘yicha ma’lumotga ega nomzodlarga ko‘ptoq imkon beriladi.

Barcha talablar: bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant olish uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun bir necha marta hujjat topshirish mumkin, shuning uchun dedlayn muddatlari turlicha, ularni bu yerdan tekshirib oling. Grantga esa dedlayn: 2021-yil 1-fevral.

O`qishga hujjat topshirish 8 bosqichda amalga oshiriladi. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: bu yerda koʻrsatilgan.

Grantga hujjat topshirish uchun ushbu shaklni to‘ldirish kerak. Grant uchun dedlayn 2021-yil 1-fevralgacha.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Onlayn ariza.
  • Til sertifikati. IELTS 6,5, har bir bo‘limdan kamida 6,0 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/Rezyume.
  • Magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  • Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  • Avtobiografiya.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Nomzodlarni saralash ularning muzeylardai qushlarga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, qushlar bilan bogʻliq tadqiqotlard qatnashganligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: ross.marceau@deakin.edu.au.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!