×

Avstraliya: doktoranturada o’qish uchun to’liq grant va 18500 dollar stipendiya


Grant

MUHLAT

10.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1596 marta

Avstaliyada joylashgan Adelaida Universitetida doktorantura kurslari uchun ajratilgan Adelaide Scholarships International to’liq grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet doktorantura kurslariga o’qishga hujjat topshirgan nomzodlarga, ular o’qishga qabul qilingan taqdirda, to’lab beriladi.  Grantlar 2021-yil 1-yanvardan 3o-iyungacha bo’lgan vaqtda boshlanadigan doktorantura kurslari uchun ajratilgan.Adelaida universitetida quyidagi doktorantura kurslari o’qitiladi:

– Doctor of Nursing
– Doctor of Philosophy
– Doctor of Philosophy with Master of Psychology (Organisation and Human Factors)
– Doctor of Philosophy/Master of Psychology (Clinical)
– Doctor of Philosophy/Master of Psychology (Health)

Grant kimlar uchun?

Doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Adelaida universiteti doktorantura granti taqdim etilgan talaba quyidagicha taqdirlanadi:

  1. Talaba doktorantura kursi (3 yil) shartnoma to’lovidan to’liq ozod etiladi, o’qish bepul qilib beriladi.
  2. Talabaga 3 yil mobaynida har yili 28098 Avstraliya dollari, ya’ni, taxminan 18500 AQSh dollari yillik stipendiya Stipendiya zarur holatlarda yana 6 oyga cho’zdirilishi mumkin.
  3. Nomzodga maqolalar chop ettirish va joydan-joyga ko’chib o’tish xarajatlari uchun ham qo’shimcha mablag’ ajratiladi.
  4. Talabaga Overseas Student Health Cover (OSHC) sug’urtasi uchun mablag’ beriladi.

Talablar:

  1. Grant xorijlik talabalarga beriladi, O’zbekistonlik nomzodlar grantga hujjat topshirishlari mumkin.
  2. Nomzod grantga ariza berayotganda Adelaida universitetiga doktoranturaga qabul qilinish talablariga mos ekanini tasdiqlash uchun ingliz tili darajasini ko’rsatuvchi hujjatlari bo’lishi kerak.
  3. Nomzod magistrlik darajasiga ega bo’lishi kerak. Hali magistratura diplomini olmagan nomzodlarning arizalari qabul qilinmaydi.
  4. Nomzod ilgari doktorantura kursida o’qimagan bo’lishi, doktoranturaga birinchi marta o’qishga kirayotgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod Adelaida universiteti doktorantura kursiga hali o’qishga kirmagan bo’lishi kerak. Doktoranturada o’qishni boshlagan talabalarga grant berilmaydi. Grantni yutib olish uchun nomzod grant va doktorantura kursiga birgalikda ariza topshirishi kerak, shunda, agar nomzod kursga o’qishga qabul qilinsa va grant talablariga mos kelsa, unga grant taqdim etiladi.
  6. Grant taqdim etilgan talaba keyinchalik boshqa dastur orqali ushbu grant miqdoridagi yoki undan ko’p miqdordagi boshqa grant olishi mumkin emas.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga va universitet doktorantura kursiga hujjatlar birgalikda topshiriladi. Nomzod barcha hujjatlarni to’plab, tadqiqot uchun ilmiy rahbar topib, u bilan kelishgach, o’qishga ariza berishi zarur. Ilmiy rabar topishda tadqiqot mavzularidan kelib chiqish kerak, bu mavzularni bu yerdan topasiz. Hujjat topshirish jarayoniga aloqador shu va boshqa ma’lumotlar bu yerda batafsil yozilgan.

Ma’lumot uchun research_degrees@adelaide.edu.au elektron manziliga yoki (08) 8313 5882 raqamiga murojaat qiling. Batafsil ma’lumot uchun grant nizomi bilan tanishib chiqish juda muhim.

 

 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!