Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yildan bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchi yuqori sinf bitiruvchilari uchun International Student Excellence Scholarship – High School Leavers dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant uch–toʻrt yilga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr bosqichida oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.
Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 25 foiz chegirma qilinadi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod oʻrta umumiy taʼlimni tugatgan boʻlishi kerak. Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
- Nomzod universitet bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga ariza topshirishdan avval bakalavr dasturlaridan biriga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Dedayn haqida batafsil: shu yerda tanishing. Keyin esa grantga ariza beriladi.
Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
- Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
- Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
- Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Attestat/diplom va diplov ilova nusxasi.
- Sertifikatlar (ACT/SAT kabilar so`ralishi mumkin. Bu tanlangan kursga qarab aniqlanadi).
- Ish tajribasi haqida maʼlumot.
- Maxsus kirish imtihoni (STAT).
- Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ular ham topshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.
Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn shaklda toʻldiring va dedlayngacha joʻnating.
Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:
- Shaxsiy maʼlumotlar (ism-sharif, biografik maʼlumotlar, manzil va hokazo).
- Akademik maʼlumotlar.
- Stipendiya haqidagi boʻlim.
- Checklist.
Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar 13-dekabrgacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.