×

Avstraliya: Tibbiyot boʻyicha magistratura kurslarida oʻqishni istaganlar uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

29.11.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1668 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University 2020-yilda magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchi yuqori talabalar uchun Pro Vice Chancellor (Health) Doctor of Medicine Scholarship dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Ushbu grant bir yilga moʻljallangan. Grant Doctor of Medicine program magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityda oʻqish haqi 2020-oʻquv yiliga har 30-40 kredit uchun 8 780 – 10 135 AUD (taxminan 5895 dan 6805 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan 10 000 AUD (taxminan 6 870 USD) chegirma qilinadi. Avstraliyada bir yilda 3 ta trimestr mavjud. Stipendiya birinchi va uchinchi trimestrlarda 5 000 AUD dan toʻlab beriladi.

Grant nomzodning kontraktini qisman qoplaydi. Yashash, oʻquv qurollari, tibbiy sugʻurta kabi boshqa sarflar hamda kontraktning qolgan qismini talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
  • Nomzod universitet Doctor of Medicine magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kamida IELTS 6,0 ball sertifikat soʻraladi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval Doctor of Medicine magistratura kursiga oʻqishga kirish kerak. Hujjatlar 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 2019-yil 29-noyabrgacha qabul qilinadi. Dedlayn haqida batafsil: shu yerda tanishing. Keyin esa grantga alohida ariza beriladi.

Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
  3. Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
  4. Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.
  5. Grantga ariza berish. Grantga arizani onlayn shaklda toʻldiring va dedlayngacha joʻnating. Arizaga notarial tasdiqlangan baholar, personal statement (shaxsiy bayonot)ni qoʻshib jonatrish lozim. Bayonotda quyidagi 3 ta savolga javob yozish kerak boʻladi:
  • Demonstrate (and provide examples of) your knowledge of the profession of dentistry and the broader role of dentistry in the health care system.
  • Demonstrate (and provide examples of) your leadership and team work skills. Please also indicate your career plans for the future.
  • Outline any challenges you have faced in your education and in what way you have sought to overcome these challenges.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Toʻldirilgan arizalar.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
  • Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
  • Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  • Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar 13-dekabrgacha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!