×

Avstraliya: Griffith University – bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni istaganlarga 50 foiz grant!


Grant

MUHLAT

18.04.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

7561 marta

Avstraliyaning Brisben shahri janubida joylashgan Griffith University har yili bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun Griffith Remarkable Scholarship dasturini taklif etadi. Grantning maqsadi – iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashdir.

Mazkur universitetga yiliga 3 marta qabul boʻladi va barcha qabullarda ushbu grantga ariza topshirish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat va magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba uchun Griffith Universityning bakalavr va magistratura bosqichlarida oʻqish haqi 2021-yilda har 30-40 kredit uchun 9130-10135 AUD (taxminan 7061 dan 7839 USD). Kreditlar soniga qarab bu hajm oʻzgaradi. Bu haqida batafsil: shu yerda koʻrsatilgan.

Grant yutib olgan nomzodning kontrakt pulidan  50 foiz chegirma qilinadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Avstraliya yoki Yangi Zelandiyadan tashqari barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod Avstraliyada qabul qilinadigan minimal baho koʻrsatkichlariga javob bera olishi kerak.
  • Nomzod universitet bakalavr yoki magistratura dasturlaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi /qabul qilinishi kerak. Bunda nomzod oʻqishni 2021-yilning 3-trisemestrida yoki 2022-yilik birinchi yoxud ikkinchi trisemestrida toʻliq asosda (full-time) oʻqishni boshlashi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Bosqichlar va tanlangan kursga qarab ingliz tilini bilish darajasiga qoʻyilgan talab farq qiladi, shu talabga javob berish kerak.
  • Nomzod yaxshi baholari oʻrtachasi (GPA) 7 ballik tizimda 5,5 ball (77,5%) bo‘lishi talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval bakalavriat yoki magistratura (postgraduate coursework) dasturlaridan biriga hujjat topshirishi. Hujjatlar bir yilda 3 marta qabul qilinadi. Biror dasturg hujjat topshirgandan soʻng grantga ham ariza topshiriladi.

Hozirda quyidagi sanalargacha grant uchun arizalar qabul qilinmoqda:

  • 2021-yil 3-trisemestrda oʻqishni boshlash uchun 2021-yilning 6-avgustigacha;
  • 2022-yil 1-trisemestrda oʻqishni boshlash uchun 2021-yil 3-dekabrgacha;
  • 2022-yil 2-trisemestrda oʻqishni boshlash uchun 2022-yil 18-aprelgacha.

Universitetga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  2. Kirish talablar va hujjatlar haqida batafsil oʻqib chiqing.
  3. Shu yerdan topshriladigan hujjatlar tarkibini tekshirib oling.
  4. Ariza topshirish onlayn tarzda shu yer oqali amalga oshiriladi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Maxsus kirish imtihoni (STAT) topshirish talab qilinishi mumkin.
  • Ingliz tili sertififkati. Kamida IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati topshiriladi.
  • Qoʻshimcha sertifikatlar. Tanlangan kursga qarab GMAT/SAT/ACT sertifikatlari soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribasi haqida maʼlumot.
  • Research proposal.
  • Esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda. Barcha hujjatlar ingliz tilida rasmiylashtirilishi (yoki tarjima qilib, notarial tasdiqlanishi) zarur.

Grantga ariza berish. Grantga arizani toʻldiring va akademik yutuqlarni tasdiqlovchi hujjat hamda shaxsiy bayon (personal statement) bilan birga dedlayngacha topshiring.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, tirishqoqligi, ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!